Sharq allomalarining pedagogik qarashlari slayd



Yüklə 4,74 Mb.
səhifə3/6
tarix26.10.2023
ölçüsü4,74 Mb.
#161758
1   2   3   4   5   6
sharq allomalari asarlarida tarbiya masalalari talqini

Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm- fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm- fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta’lim- tarbiyaga doir She’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr- ergulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligni ta’kidlaydi

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”

asarida aqliy , axloqiy , mehnat,

jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir

fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga

egadir. U insonni ulug’laydi. Uning

fikricha, insonning ulug’ligi aql- idroki,

so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi,

hunarga egaligidadir. Adib o’quv va

bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish- o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:

Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,

Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,

Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’ladi.

Zakovatli uqadi, bilimli biladi,

Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.

Yusuf Xos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liq holda bo’lishini tavsiya etadi, o’g’il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o’rganmog’I lozimligini ta’kidlaydi. Bu, ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to’plangandan keyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun – qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj tarbiya borasida orttirilgan tajribalar to’plangandan keyin o’sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun – qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.


Yüklə 4,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin