Sаmаrqаnddа o’z аtrofidа to’plаngаn olimlаrning bevositа ishtiroki vа yordаmidа Ulug’bek 1424-1428-yillаrdа shаhаr yaqinidа Qbirаhmаt аnhori bo’yidа rаsаdxonа qurdirdi. Doirа shаklidа bino qilingаn bu ulkаn imorаtning аylаnаsi 47 metr, bаlаndligi 31 metr edi. Bobo’rning yozishichа, u uch qаvаtli bo’lgаn. Binoning sirti koshin vа sirli pаrchinlаr bilаn qoplаngаn. Binoning ichki sаhni sudsi fаxriy (sekstаnt) vа koridorlаr bilаn to’rt qismlаrgа аjrаtilgаn. Rаsаdxonа ichki devorlаridа koinot-u Еr shаrining umumiy mаnzаrаsi tаsvirlаngаn bo’lib, shu tufаyli bu mаvzu аholi o’rtаsidа «Hаqshi jаhon» degаn nom bilаn shuhrаt topаdi.
Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogik
Sharqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogik
fikrlarining eng mashhur namoyondalaridan Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (980-1037) ta’lim-tarbiya masalariga jiddiy va ijodiy yondashgan. Olimning bolani tarbiyalash va o‘qitish haqidagi pedagogik - psixologik qarashlari o‘zining chuqurligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Ibn Sino “Risolat at-tayr” (“Qush”), “Xayy ibn Yaqzon”, (“Uyg‘oq o‘g‘li tirik”), “Donishnoma” kabi asarlarida o‘zining pedagogik va psixologik qarashlarini ifodalaydi. Masalan, u “Hayy ibn Yaqzon” asarida yoshlarni do‘stlikka, bilim o‘rganishga chaqiradi: “... bir-biringizdan bilim o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlang”. Shuningdek, alloma shaxs fe’l-atvorini, tabiatini chuqurroq tushunish uchun farosat ilmining, ya’ni ilmiy mantiqni bilishga da’vat qiladi. Chunki ilmiy-mantiq shaxs didini o‘stiradi, fikr doirasini kengaytiradi. U bu haqda shunday deydi: “Farosat ilmi foydasi
naqd ilmlardandir. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning pinhoniy fe’l-atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo‘lsang, juda o‘tkir bo‘lib ketasan”.