9
nazariyasi» jiddiy asosga ega emas. Unga ko‘ra, g‘oyalar birlamchi bo‘lib, moddiy
dunyo, jism va hodisalar ularning nushasidir. Aristotel Platonning bu ta’limotini
rad etib, g‘oyalarning o‘zi jismning oddiy nushasi va o‘z mazmuni jihatidan uning
bu jismlardan farqi yo‘q, deb ta’kidlaydi. «Umumiy g‘oya» o‘z nushasi sifatida
jism va hodisalarni yaratgan g‘oya-jismning mohiyatidan iborat. Platonning bu
g‘oyasini Aristotel rad ztdi. Agar «g‘oya» jism va hodisalarning mohiyati bo‘lsa, u
vaqtda bu mohiyat shu jism va hodisalarda gavdalanishi va ifoda etilishi lozim edi.
Vaholanki, Platon jism va hodisalar o‘z mohiyatidan (g‘oyadan) butunlay ajralgan
deb ta’kidlaydi Aristotel. Shuning uchun Platon narsa va hodisalarni o‘rganish
ularning mohiyatini
bilishga yordam bermaydi, moddiy narsa va hodisalarni
bilishning hojati yo‘q. Shu sababli sezgi a’zolarimiz xizmatidan voz kechish kerak,
degan fikrni ilgari suradi.
Aristotel Platonda g‘oya bilan moddiy predmetlar, mohiyat va hodisa,
imkoniyat va voqelik o‘rtasida bog‘lanish butunlay yo‘q ekanini ta’kidlaydi.
Shunday qilib, Platonning fikricha, g‘oyalar abadiy,
birlamchi,
harakatsiz,
o‘zgarmas, ularning nushasi hisoblanadi. Moddiy narsalar va hodisalar harakatda,
o‘zgarishda va o‘tkinchi xarakterga egadir. Platonning bu g‘ayri-ilmiy ta’limoti,
Aristotelning fikricha, asossiz va qarama-qarshi qutbga ega. Modomiki, predmet
va hodisalar «g‘oya»larning mahsuli, nushasi ekan, deb ta’kidlaydi Aristotel, nega
«g‘oyalar» harakatsiz, o‘zgarmas, mangu, ularning nushasi, mahsuli esa
harakatda, o‘zgarishda va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lishi kerak? Aristotel bu
yerda Platon ta’limotida ta’kidlangan predmet va hodisalar bilan «g‘oyalar
dunyosi» o‘rtasida sababiy bog‘lanish yo‘q ekanini ochib tashlaydi. Aristotel
Platon singari tushunchalar
orqali borliqning muhim, tub va o‘zgarmas xossasini
bilish mumkin, deydi.
Lekin Aristotel Platonning tushunchalar orqasida konkret moddiy narsalar
yotishini inkor etishini tanqid qilib, tushunchalar orqasida konkret narsalar yotadi,
deb ta’kidlaydi. Masalan, Platon «o‘rmon» tushunchasi ortida konkret daraxtlar
yotishini ko‘ra olmaydi. Platon tushunchalarni hissiy borliqqa qarama-qarshi qilib
qo‘yadi. Aristotelning fikricha, «g‘oyalar dunyosi» ta’limotining yuzaga kelishida
10
Geraklitning hissiy narsalarning to‘xtovsiz o‘zgarishi ta’limoti asos bo‘ldi.
Shuning uchun Aristotel Platon, Geraklit ta’limotlariga
qarama-qarshi bilimning
manbai hisoblanmish o‘zgarmas abadiy narsalarni tadqiq etishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘ygan.
Aristotel «Metafizika» asarida Platonning g‘oyalar haqidagi ta’limotini
tanqid qilib, uning g‘oyalari olamdagi hissiy narsalardan ajralgan, o‘ziga mustaqil
g‘oyalar ekanini isbotladi va shu asarining boshqa qismlarida Platonning mustaqil
g‘oyasiga qarshi o‘zining hissiy narsalar tushunchasiga munosabati to‘g‘risidagi
ta’limotini qarama-qarshi qo‘ydi.
Aristotel va uning shogirdlari butun aql-zakovatlarini falsafiy muammolarni
yechishga qaratganlar. Aristotel zukko olim bo‘lish bilan birga haqiqat va adolatni
hamma narsadan ustun qo‘ygan. O‘z ustozi Platonning “g‘oyalar dunyosi”
to‘g‘risidagi ta’limotini tanqid qila turib, shunday deydi: “Platon qanchalik menga
ustoz, eng yaqin do‘st bo‘lishidan qat’iy nazar, haqiqat undan afzal”
9
.
Aristotel yozib qoldirgan asarlari mazmun jihatdan to‘rt guruhga bo‘linadi.
Birinchi gurhga mantiqqa oid asarlari kirgan bo‘lib, u “Organon” deb ataladi,
ikkinchi guruhga falsafaga oid asarlari kiradi. Uchinchi guruhga tabiatshunoslikka
bag‘ishlangan asarlari, ya’ni “Fizika”, “Koinot haqida”, “Xotira haqida”, “Nafas
haqida”, to‘rtinchi guruhga tarix, iqtisod, siyosat, axloq,
nafosatga oid asarlari,
jumladan “Siyosat”, “Nikomax axloqi”, “Evdem axloqi”, “Katta axloq”, “Notiqlik
san’ati” kabi asarlari kiradi.
Shunday qilib bandga xulosa qilamiz. O‘z davrida va o‘zidan keyingi
davrlarda mavjud bo‘lgan turli falsafiy yo‘nalish, maktab va oqimlarning vakillari
Aristotel ta’limotini o‘zlaricha talqin etishgan, o‘z qarashlari ta’limotlarini
Aristotel ta’limotiga suyangan holda ilgari surishgan va undan tayanch,
qurol
sifatida foydalanishgan.
Antik davr faylasuflarining ta’limotlari Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlarining
sa’y-harakatlari tufayli ikkinchi hayotini o‘z Vatani-Yunonistonda topdi. Shak-
shubhasiz Aristotel merosini o‘rganishda va targ‘ib qilishda Markaziy Osiyolik
9
Йўлдошев С. Арасту. –Тошкент: Ўқитувчи, 1998. –Б. 4.
11
mutafakkirlarning ham hissalari benihoya katta. Shu sababli ham xususan, Abu
Nasr Forobiy Sharqda “Muallimi soniy” (ikkinchi muallim) degan sharafli
unvonga muyassar bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: