Muammoning ishlanganlik darajasi. Antik davr falsafasining yirik
namoyandasi, yunon faylasufi Aristotelning ijodi falsafiy, ijtimoiy, tarixiy
adabiyotlarda, jumladan, falsafa tarixida ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan o‘ziga
xos uslubda, o‘z zamonasiga mos ravishda atroflicha tahlil qilib berilgan.
Shuningdek, Aristotelning ijodini har tomonlama yorituvchi V.F.Asmus
2
,
A.S.Bogomolov
3
, A.F.Losev
4
, V.P.Zubov
5
va boshqa rossiyalik tadqiqotchilar
ishlarini, O‘zbekistonda S.A.Yo‘ldoshevning
6
risolalarini, maqolalarini misol qilib
keltirishimiz mumkin. Jumladan, mazkur tadqiqotlarda mutafakkirning ijtimoiy-
falsafiy dunyoqarashi, bilish nazariyasi, borliq haqidagi ta’limoti, ijtimoiy va
siyosiy merosi aks etgan.
Biz ham kurs ishimizda Aristotelning borliq haqidagi ta’limotini, insonga
bo‘lgan munosabatini va uning sharqqa tasirini imkoniyatimiz darajasida atroflicha
yoritishga harakat qildik.
Mavzuning maqsadi va vazifalari.Ishning maqsadi Aristotelning borliq
haqidagi ta’limotini, insonga bo‘lgan munosabatini va uning sharqqa tasirini tahlil
qilib, ochib berishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqadigan vazifalar quyidagilardan iborat:
Aristotelning hayot-faoliyatini o‘rganish;
uning falsafiy qarashlarining shakllanishiga turtki bo‘lgan g‘oyaviy-nazariy
omillarni ko‘rsatish;
1
Каримов И.А. Донишманд халкимизнинг мустахкам иродалилигига ишонаман // Фидокор. 2000. 8 июн.
2
Асмус В.Ф. Античная философия. –М.: Мысль, 2005.
3
Богомолов А.С. Античная философия. –М.: Наука, 1996.
4
Лосев А.Ф. Философия. Мифология. Культура. –М.: Политиздат, 1991
5
Зубов В.П.Аристотель. –М., 1963
6
Йўлдошев С. Арасту. –Тошкент: Ўқитувчи, 1998.
5
Aristotelning borliq haqidagi ta’limotini va uning sharqqa tasirini tahlil
qilish;
va nihoyat, qiyosiy o‘rganib, tahlil qilishdan iborat.