23
II bob. Aristotelning borliq haqidagi ta’limotining sharqqa
tarqalishi
2.1 Ibn Rushd va Abu Rayhon Beruniyning ontologik dunyoqarashida
Arastuning o’rni. Ibn Rushd - Averroes
Arastuning borliq haqidagi qarashlarining sharqqa yoyilishida ibn Rushdning
tarjimalari va sharhlari kata ahamiyat kasb etadi. Abul Valid Muhammad ibn
Ahmad ibn Rushd (Yevropada Averroes nomi bilan mashhur 1126 yilda Qurtabada
(Kordova) tug‘ildi)ning asarlari musulmon ilohiyotchilari davrasida dushmanlik
bilan kutib olindi. Uning falsafani Arastu ruhida talqin qilishi ruhoniylar
tomonidan islom aqidalariga qarshi qaratilgan chiqish sifatida baholanayotgan edi.
Musulmon ilohiyotchilari Ibn Rushdning dunyoning abadiyligi va uning qonuniy
ravishda rivojlanishda ekanligi haqidagi ta’limotiga, ayniqsa, uning voqelikni aql
yordamida bilib olish mumkin, degan qarashlariga qarshi chiqdilar.
Muruvvatsizlikka uchragan Ibn Rushd, hatto o‘zining shogirdlaridan ham
mahrum qilinadi. Ruhoniylar uning atrofida chidab bo‘lmas muhit yaratadilar.
Uning zamondoshlarining yozishlaricha, bir kuni Ibn Rushd va uning o‘g‘li Abu
Allahni Qurtabadagi masjiddan haydab chiqaradilar. U o‘z uyida qamoq holatida
yashaydi. Faqat vafotidan sal oldingina Ibn Rushd yana xalifa tomonidan
Marokashga chaqiriladi va o‘sha yerda 1198 yilning 10 dekabrida olamdan ko‘z
yumadi.
Ibn Rushd eng sermahsul mutafakkirlardan biri edi. Uning mehnatsevarligini
o‘zi aytgan gaplardan ham bilsa bo‘ladi. Uning o‘zining tan olishicha, o‘z hayotida
faqat ikki kungina ishlamagan: biri otasi vafot etgan kun va ikkinchisi o‘zining tuyi
bo‘lgan kun.
Ibn Rushd ellikka yaqin yirik asarlar yozgan. Ulardan eng mashhurlari
quyidagilar: “Raddiyani rad etish”, “Mantiqqa oid asarlar”, “Osmoniy jismlarning
harakati haqida mulohazalar”, “Zamon muammosi”, “Birinchi harakatga
keltiruvchi kuch haqida”, “Abadiy va vaqtinchalik mavjudlik haqida mulohazalar”,
“Jon haqida fan muammolari”, “Aql haqida mulohazalar”, “Falsafa masalalari”,
24
“Din bilan falsafaning muvofiqligi haqida” va boshqalar.
Ibn Rushd asarlarining bir qator arabcha asl matnlari bizgacha yetib kelmagan.
Ular faqat qadimgi yahudiy va lotin tiliga qilingan tarjimalari orqaligina
ma’lumdir.
Ibn Rushd “sharhlovchi” sifatida ham mashhur – uni “Ilohiy komediya”ning
muallifi Dante shunday deb atagan. U Arastu ta’limotini ilk davrdagi sof holatiga
qaytardi. Ma’lumki, Arastu qarashlarini Iskandariya sharhchilari sezilarli darajada
buzib, unga Aflotuncha unsurlarni qo‘shgan edilar. Ibn Rushdning ishonchi komil
ediki, to‘g‘ri tushunilgan Arastu ta’limoti, inson erishishi mumkin bo‘lgan oliy
bilimga qarama-qarshi turmaydi. Uning fikricha, Arastu siymosida insoniy aql
o‘zining yuqori ifodasini topganki, shuning uchun uni ilohiy faylasuf deb atash
ma’qul bo‘ladi. Uning zamondoshlari fikricha, “Arastu tabiatni tushuntirdi,
“Averroes esa - Arastuni”
23
.
Ibn Rushd Arastu va uning izdoshlari bo‘lgan al-Kindiy, Forobiy va Ibn Sinolar
falsafasini qabul qilish bilan birga, faqat falsafadagi ushbu yo‘nalishni
ko‘rsatibgina qolmasdan, balki jahon falsafiy tafakkuri rivojiga o‘zining
qaytarilmas hissasini ham qo‘shdi.
Arastuning borliq haqidagi qarashlarinig sharqqa tarqalishida Zakariyo Ar-
Roziyning ham hissasi bo’lib, u ko’proq Aflotun izdoshi hisoblangan. Ar-Roziy
borliq va dunyoning tuzilishi haqida modda bilan shaklning ajralmas ekanligini
qayd etadi: “Moddaning shakli o‘z holatiga ko‘ra, javharning sifatidir. Modomiki,
javhar o‘zining tashkil topishi va namoyon bo‘lishi uchun orazga (sifat) ehtiyoj
sezmas ekan, shu tufayli orazga javharlilik ustidan afzallik xos xususiyat emas.
Modda va shaklning holati shundaydir. Shuning uchun ham oraz va shakl o‘rtasida
hech qanday farq yo‘qdir”
24
.
Roziy Arastuning bo‘shliq haqidagi fikrini rad etib, Aflotunning bo‘shliq
mavjud ekanligi haqidagi aqidasiga qo‘shilgan.
Zakariyo Roziy harakat, bo‘shliqnigina emas, balki jismlar tarkibini eng kichik
23
Ренан Э. Собрание сочинений. –Киев. 1960. Т. 8. –С.70.
24
Ўша жойда. –Б.32.
25
zarrachalardan (atomlardan) tuzilganligi haqidagi Demokrit fikriga qo‘shilgan.
Jumladan, Beruniy borliq dunyo yaratilganmi yoki yo‘qmi, degan savollarga
dunyo yaratilgan, deb javob beradi. Uning qarashlarida namoyon bo‘lgan ikki
qarama-qarshi g‘oyalar, ya’ni bir tomondan, dunyoning yaratilganligini inkor eta
olmaslik, ikkinchi tomondan esa, tabiatni mustaqil deb bilish, Beruniyning
tabiatshunos sifatida dunyoni va tabiatni tushunishda ma’lum darajada deistik
(xudo dunyoni yaratib qo‘yib, boshqa uning ishlariga aralashmaydi) yo‘nalishga
moyilligini ko‘rsatadi. Xudo dunyoni butunligicha yaratadi va unga azaldan
ma’lum qonunlarni beradi. Ana shu qonunlar tufayli tabiiy kuch, ya’ni tabiat
harakat qiladi. Lekin keyinchalik Beruniy hatto deizm qobig‘ining torligini sezadi
va moddiy dunyoning abadiy mavjudligini tan olishni zarurligini his etadi. Bu
fikrning isbotini u Qur’ondan ham topadi. O‘sha davrdagi tabiatshunoslik fanida
erishilgan yutuqlar uni Arastuning tabiat falsafasiga tanqidiy yondoshishga,
shuningdek, uning zaif tomonlarini farqiga borishga olib kelgan. Bu uning Ibn
Sino bilan yozishmasida o‘z ifodasini topgan. Ularning bu yozishmalari asosan
Arastuning “Fazo haqida” va “Fizika” asarlari bo‘yicha olib borilgan.
Bu yozishmada Ibn Sino Arastuning tabiat falsafasini himoya qilgan. Beruniy
esa Ibn Sinoga e’tiroz bildirgan. Ularning bahsi asosan Arastu tabiat falsafasining
muhim masalalaridan biri – jismlarning cheksiz bo‘linishi bo‘yicha bo‘lgan. Bu
borada Beruniyning Ibn Sinoga qarshi chiqqanligini ko‘rgan ayrim mualliflar uni
Demokrit atomizmining tarafdori degan xulosaga kelganlar. Lekin Beruniy bu
masalaga birmuncha jiddiyroq qaragan. U bo‘linish muammosini hal etishda
shunday yo‘lni topishga harakat qiladiki, ikki ta’limot – atomistik va cheksiz
bo‘linishning o‘ziga xos qarama-qarshiliklarini va cheklanishlarini bartaraf etishga
intiladi.
Beruniy atomistik nazariyasini Demokrit atomistik nazariyasidan farqi
shundaki, Abu Rayhon bo‘shliqni inkor etsa, Demokrit bo‘shliq – dunyoning
zaruriy ajralmas qismi, deb hisoblaydi.
Beruniy Arastuni tanqid qilishda dastavval tajribaga murojaat etadi. Uning bu
yo‘li Arastuning kuzatuvchilik usuliga qarshi qaratilgan edi. Shunday qilib,
26
Beruniy jismlarning cheksiz bo‘linuvchanligini tan olish va bo‘linmas zarrachalar
to‘g‘risidagi atomistik ta’limotning cheklanganligini ko‘rsatishga intiladiyu, biroq
bu muammoni to‘liq hal qila olmaydi. Shunga qaramay, masalaning bunday
qo‘yilishining o‘zi ham mutafakkirning katta yutug‘i bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |