foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga
bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega
bo‘lmagan kishilarning
bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-
mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab
ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi
mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi ob’ektlar xususiyatiga
bog‘liq. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan faoliyatning turli shakllarida qatnashish
orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi
zarurligi taqoza qiladi. SHunday buyum va xizmat turlari borki,
ulardan faqat
birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish
joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngil ochar tomoshalarni
birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega.
Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab
chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat,
butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir
yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga
xizmat qiladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va
iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:
-
jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi.
Iqtisodiyoti rivojlanishdan
orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti
gurkirab rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo‘ladi;
-
jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim
bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar
va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar
ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori
daromad oluvchilar juda
sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning
ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina
cheklanadi;
-
tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va
tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim
sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq
kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;
-
tarixiy-milliy an’analar
va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va
diniy marosimlar, urf-odatlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga
xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi;
-
aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
-
xalqaro,
davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa,
ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi,
mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq
qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash
muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Ko‘p bolali
oilalarda bolalar kiyimi,
o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar
bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar
ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va
bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib
boradi.
Dostları ilə paylaş: