Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 397,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix23.05.2022
ölçüsü397,28 Kb.
#59080
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2 5224474231185609868

 
 
II. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tog’risida umumiy ma’lumotlar


2.1 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.Ularning turlari va ehtiyojlar 
qonuni
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy 
qonunlarni ham o‘rganadi.
Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy 
qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish 
hisoblanadi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar 
obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi 
bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi 
in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib 
chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning
hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va 
shartsharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila 
boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida
ulardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti -
harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon 
bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, 
talablarini hisobga olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim 
bo‘ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar 
kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida 
qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, 
tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, 
tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib 
kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi.


Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi 
guruhlarga ajratiladi:
1.Umumiqtisodiy 
qonunlar-kishilik 
jamiyati 
rivojlanishining 
barcha 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish 
qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va 
boshqalar;
2. 
Xususiy 
yoki 
davriy 
iqtisodiy 
qonunlar-insoniyat 
jamiyati 
taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif 
qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.
3. 
Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim 
sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat 
qonuni.

Yüklə 397,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin