Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 397,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix23.05.2022
ölçüsü397,28 Kb.
#59080
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 5224474231185609868

Ayirboshlash jarayoni - takror ishlab chiqarishning muhim fazasidir. Mehnat 
taqsimoti oqibatida ayrim guruh kishilar tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini 
ishlab chiqarishga, etkazib berishga, ayrim guruhlari esa boshqa turdagi tovarlarni 
ishlab chiqarish, etkazib berish bo’yicha ixtisoslashadilar. Har bir tovar turini ishlab 
chiqaruvchi o’z tovarini sotib, o’ziga kerakli bo’lgan boshqa tovar yoki xizmatlarni 
sotib oladi. Natijada turli xil yo’nalishdagi ishlab chiqaruvchilar yoki xizmat 
ko’rsatuvchilar o’rtasida iqtisodiy aloqa – ayirboshlash, ‘ul orqali oldi-sotdi jarayoni 
sodir bo’ladi. 
Iqtisodiyotda takror ishlab chiqarishning oxirgi fazasi iste’mol jarayonidir
Bu jarayonda tovarlar va xizmatlar turli kishilar, guruhlar tomonidan iste’mol 
qilinib, ularning ehtiyojlarini qondiradilar. Iste’mol ikki turda bo’ladi: ishlab 
chiqarish iste’moli va shaxsiy iste’mol. Ishlab chiqarish iste’molida ishlab chiqarish 
vositalari (ka’ital) va ishchi kuchidan foydalanilib, unumli iste’mol qilinadi. Shaxsiy 
iste’mol jarayonida esa iste’mol buyumlari ‘irovard foydalanilib, ular yo’qotiladi va 
o’rniga yana yangisini ishlab chiqarish zaruriyati ‘aydo bo’ladi. 
Shunday qilib, tovar va xizmatlar, resurslar harakati doimo to’xtovsiz 
takrorlanib turadigan jarayondir. Bu jarayonni ushbu chizmada tushunish osonroq 
bo’ladi. 


1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish 
jarayonlaridagi harakati. 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy 
resurslarning cheklanganligidir. 
Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning 
turlarini bilish zarurdir. 
Yuqorida aytib o’tganimizdek, inson yashamog’i uchun, eng avvalo, oziq-
ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari, trans’ort hamda isitish va 
yoritish vositalari zarurdir. Bundan tashqari, inson kamol to’mog’i uchun o’qib, 
bilim olishi, kasb o’rganishi, malaka egallashi va davolanishi, dam olishi, turli 
xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda ko’’ hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi. 
Insonning yashashi va kamol to’ishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun 
kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida 
ehtiyoj deb ataladi. 
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy 
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar 
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy 
ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy 

Yüklə 397,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin