Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli



Yüklə 397,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix23.05.2022
ölçüsü397,28 Kb.
#59080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 5224474231185609868

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda 
ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi. 
CHunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro‘y 
beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu 
bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi.
Foydalaniladigan usullar ichida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy 
o‘sishning keskin o‘zgarishi, xususan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik 
bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi.
Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, 
yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatasa 
deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan 
hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.
Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real 
hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda 
ishsizlik 2012 yilda 0,6 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 


2011 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h. k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning 
qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning 
tabiiy darajasi
2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan 
yuqori bo‘lishi zarur va h. k.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar va 
grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning 
miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.
Iqtisodiy tahlilda “Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda” degan farazdan ham 
foydalaniladi. CHunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab omillar 
bir vaqtda, shu bilan birga turli xil yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi.
Bu barcha omillarning birgalikda ta’sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini 
ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. SHu sababli ularning 
alohida olingan omil ta’sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta’siri e’tibordan 
chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida 
o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta’siri ham alohida-
alohida qarab chiqiladi.
Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar 
– bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda jarayonlarning 
soddalashtirilgan manzarasidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy model – faqat asosiy 
omillardan ozod qilingan soddalashtirilgan nazariy qurilma (sxema).
Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan 
va optimallashgan modellar.
Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning 
natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, 
yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, 
daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.


Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning 
natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarini 
xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k.
Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan 
qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini oladi.
Iqtisodiyotning barcha masalalariga javob berishga layoqatli yagona model 
mavjud bo‘lmaydi. SHu sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan 
foydalaniladi, ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qiladi.
Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar (bankrotlik, tabiiy ofatlar, 
siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan, 
iqtisodiy etuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar
uning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Jumladan yalpi talab va yalpi 
taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab, real jarayonlar uning 
idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq omillar ta’sirini miqdoriy baholash 
imkonini beradi.
Iqtisodiy printsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan boshqa 
omillar ham mavjud. Umumiylashtirish iqtisodiy printsiplar iqtisodiyot fani yoki 
iqtisodiy munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy printsiplarni 
muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb 
qabul qilish mumkin. 

Yüklə 397,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin