Shu muammolarni echish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida
kishilar turli
yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari
ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol to’ishini ta’minlaydigani
moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan
iborat
bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli tuman bo’lganligi uchun
iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko’’dir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib,
kishilarning yashashi,
kamol to’ishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va
iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal
qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan,
iqtisodiy faoliyat deb
ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan.
Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, ‘laton, Aristotel) asarlarida
iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab
leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom
diniga oid
adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda
shunday oyat bor: «Englar, ichinglar,
hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar».
1
Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki
individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini
anglatmaydi, balki
Dostları ilə paylaş: