iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat
xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo
birlashmalar, kor’orastiyalar, konsternlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi
turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.
Buning ustiga barcha resurslarimiz - ‘ul mablag’lari, tabiiy boyliklar, malakali
ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan
miqdordadir. Mana shu cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib,
aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish,
resurslar va mahsulotlarni to’g’ri taqsimlash yo’llarini to’ish iqtisodiyotning asosiy
mazmunini tashkil etadi.
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, jahon
iqtisodiyoti, mamlakat iqtisodiyoti, milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti,
funkstional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki firma iqtisodiyoti, oila
iqtisodiyoti.
1
А.Раззоқов, Ш.Тошматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 40-бет.
Ba’zan ularni yaxlitlashtirib, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi.
Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning
hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’’ayishi va
kamol to’ishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib,
ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson
hayotining asosini, uning ‘oydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning
faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas. Insonning iqtisodiyotdagi
juda katta va keng rolini qisqacha qilib quyidagicha ko’rsatish mumkin:
1. Inson tabiatning bir bo’lagi, uning ajralmas qismi sifatida harakat qiladi,
tabiat ashyolarining shaklini o’zgartirib, iste’molga yaroqli holga keltiradi,
boshqacha qilib aytganda, inson iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi, hamma
tovar va xizmatlarining iste’molchisi, ularning ishlab chiqaruvchisi va
yaratuvchisidir.
2. Inson hamma tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga
etkazib beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa sotuvchisi rolini bajaradi. Bunda
u ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi aloqaning bajaruvchisi sifatida namoyon
bo’ladi.
3. Inson tovar va xizmatlarning sotib oluvchisi va binobarin, ularning
iste’molchisi hamdir.
4. Inson iqtisodiyotning hamma darajalarida uning tashkilotchisi,
boshqaruvchisi bo’lib, uning turli omillari, bo’laklari, sohalari o’rtasidagi
uyg’unlikni, aloqalarning bir-biriga mosligini ta’minlovchi sifatida harakat qiladi.
Insonning iqtisodiyotdagi roli uning hayotning turli davrlarida va bosqichlarida
turlicha namoyon bo’ladi. U yoshligida va qariganida ko’’roq iste’molchi bo’lib,
ya’ni boshqalar yaratgan tovarlar va xizmatlardan foydalanuvchi sifatida ko’zga
tashlansa, ishlab turgan davrida ishlab chiqaruvchi, tashkilotchi, boshqaruvchi
sifatida ish ko’radi, o’zi uchun, bolalarga va qariyalarga hayotiy ne’matlarni yaratadi
va etkazib beradi. Sodda qilib aytganda, inson mehnat qobiliyatiga ega bo’lib, ishlab
turgan vaqtida yoshlikda olgan qarzini uzadi, o’zini-o’zi ta’minlaydi, qarigan chog’i
uchun zamin tayyorlaydi va yosh avlodga qarz beradi. Insoniyatning iqtisodiyotdagi
roli uning tabiatdagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi bilan, ya’ni, ongli ravishda
ma’lum maqsadga qarata ijodiy mehnat qila olish qobiliyati bilan belgilanadi.
Insonning boshqa tirik mavjudodlardan farqi ham uning ongli va ijodiy mehnat qila
olishida, o’z faoliyati uchun zaruriy mehnat qurollarini yaratish qobiliyatiga
egaligidadir.
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati
bo’yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash,
taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida
eng asosiysi va boshlang’ichi ishlab chiqarish jarayonidir. Chunki hamma tovar
va xizmatlar xuddi shu bosqichda yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa,
taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar
bo’lmaydi (ishlab chiqarish nima va qanday sodir bo’lishi haqida keyingi mavzuda
so’z boradi).
Ikkinchi muhim faza esa taqsimot jarayonidir. Bu bosqichda, eng avvalo,
ishlab chiqarish vositalari, ka’ital va ishchi kuchi, tovar va xizmatlarning alohida
turlari, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar
o’rtasida taqsimlanadi. Undan tashqari, ishlab chiqarish natijasi bo’lgan tovar va
xizmatlar, ularning ‘ul holidagi ko’rinishi bo’lgan daromadlar ham taqsimlanadi.
Bunda ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa taqsimlanadigan tovar va
xizmatlar hajmi, binobarin daromadlar hajmi ham shuncha katta bo’ladi hamda
daromadlar kishilarning qilgan mehnatining miqdori va sifatiga yoki qo’shgan
ka’italining (‘ul, ishlab chiqarish vositalarining) miqdoriga qarab ular o’rtasida
taqsimlanadi. Taqsimot qancha adolatli va to’g’ri bo’lsa, ishlab chiqarishning
yuksalishiga shuncha ijobiy ta’sir ko’rsatadi, uni rag’batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: |