1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning
takror ishlab chiqarish
jarayonlaridagi harakati.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy
resurslarning cheklanganligidir.
Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo,
ehtiyoj nimaligini, uning
turlarini bilish zarurdir.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, inson yashamog’i uchun, eng avvalo, oziq-
ovqat,
kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari, trans’ort hamda isitish va
yoritish vositalari zarurdir.
Bundan tashqari, inson kamol to’mog’i uchun o’qib,
bilim olishi, kasb o’rganishi, malaka egallashi va davolanishi, dam olishi,
turli
xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda ko’’ hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi.
Insonning yashashi va kamol to’ishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun
kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida
ehtiyoj deb ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy,
ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy
ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar
kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy
ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo’ladi. Shu
jihatdan olganda ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.
Moddiy
Dostları ilə paylaş: