Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 397,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix23.05.2022
ölçüsü397,28 Kb.
#59080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2 5224474231185609868

mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan 
hamda xizmatlardan iborat bo‘ladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy 
ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol 
qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy 
predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini 
(taqinchoq, atir-upa, engil avtomobil va h. k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni 
ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum 
bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar 
ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy 
avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan 


foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga 
bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega 
bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-
mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab 
ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi 
mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi ob’ektlar xususiyatiga 
bog‘liq. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan faoliyatning turli shakllarida qatnashish 
orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi 
zarurligi taqoza qiladi. SHunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat 
birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish 
joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngil ochar tomoshalarni 
birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.
Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. 
Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab 
chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, 
butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir 
yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga 
xizmat qiladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va 
iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi.
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:

jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan 
orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti 
gurkirab rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo‘ladi;

jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim 
bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar 
va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar 
ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda 
sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning 


ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina 
cheklanadi;

tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va 
tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim 
sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq 
kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;

tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va 
diniy marosimlar, urf-odatlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga 
xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi;

aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;

xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa,
ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, 
mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq 
qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash 
muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi
o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar 
bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar 
ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin 
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. 
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va 
bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib 
boradi.

Yüklə 397,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin