Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 263,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/19
tarix07.01.2024
ölçüsü263,28 Kb.
#209079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
makroiqtisodiyot
va 
mikroiqtisodiyot
deb ataladi. 
Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar ularning 
hammasi bir maqsadga bo’ysungan: u ham bo’lsa insoniyatning yashashi, ko’’ayishi va 
kamol to’ishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib, 
ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot inson 
hayotining asosini, uning ‘oydevorini tashkil etib, uning o’zi ham insonsiz, uning 
faoliyatisiz mavjud bo’lmaydi va mazmunga ham ega emas. Insonning iqtisodiyotdagi 
juda katta va keng rolini qisqacha qilib quyidagicha ko’rsatish mumkin: 
1. Inson tabiatning bir bo’lagi, uning ajralmas qismi sifatida harakat qiladi, 
tabiat ashyolarining shaklini o’zgartirib, iste’molga yaroqli holga keltiradi
boshqacha qilib aytganda, inson iqtisodiyotning harakatga keltiruvchi kuchi, hamma 
tovar va xizmatlarining iste’molchisi, ularning ishlab chiqaruvchisi va 
yaratuvchisidir. 
2. Inson hamma tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchilarga 
etkazib beruvchi, bozor iqtisodiyoti sharoitida esa sotuvchisi rolini bajaradi. Bunda 
u ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi aloqaning bajaruvchisi sifatida namoyon 
bo’ladi. 
3. Inson tovar va xizmatlarning sotib oluvchisi va binobarin, ularning 
iste’molchisi hamdir. 
4. Inson iqtisodiyotning hamma darajalarida uning tashkilotchisi, 
boshqaruvchisi bo’lib, uning turli omillari, bo’laklari, sohalari o’rtasidagi 
uyg’unlikni, aloqalarning bir-biriga mosligini ta’minlovchi sifatida harakat qiladi. 
Insonning iqtisodiyotdagi roli uning hayotning turli davrlarida va bosqichlarida 
turlicha namoyon bo’ladi. U yoshligida va qariganida ko’’roq iste’molchi bo’lib, 
ya’ni boshqalar yaratgan tovarlar va xizmatlardan foydalanuvchi sifatida ko’zga 
tashlansa, ishlab turgan davrida ishlab chiqaruvchi, tashkilotchi, boshqaruvchi 
sifatida ish ko’radi, o’zi uchun, bolalarga va qariyalarga hayotiy ne’matlarni yaratadi 
va etkazib beradi. Sodda qilib aytganda, inson mehnat qobiliyatiga ega bo’lib, ishlab 
turgan vaqtida yoshlikda olgan qarzini uzadi, o’zini-o’zi ta’minlaydi, qarigan chog’i 
uchun zamin tayyorlaydi va yosh avlodga qarz beradi. Insoniyatning iqtisodiyotdagi 
roli uning tabiatdagi eng oliy tirik mavjudot ekanligi bilan, ya’ni, ongli ravishda 
ma’lum maqsadga qarata ijodiy mehnat qila olish qobiliyati bilan belgilanadi. 
Insonning boshqa tirik mavjudodlardan farqi ham uning ongli va ijodiy mehnat qila 
olishida, o’z faoliyati uchun zaruriy mehnat qurollarini yaratish qobiliyatiga 
egaligidadir. 


Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning harakati 
bo’yicha takror ishlab chiqarish turli fazalardan - ishlab chiqarish, ayirboshlash, 
taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarining birligidan iboratdir. Bularning ichida 
eng asosiysi va boshlang’ichi 

Yüklə 263,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin