2.1 O'ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNI QO'LLAB-QUVVATLASH DASTURLARI VA ULARNI AMALGA OSHIRISH
O'zbekistonda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash ishlarini yo’lga qo'yish va amalga oshirish maqsadida bir qator davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan, har binning aniq vazifalari belgilab qo’yilgan hamda maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. 1994- yil respublika barcha viloyatlari. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri bo'yicha tadbirkorlikni rivojlantirish mintaqaviy (hududiy) dasturlari ishlab chiqildi. Respublika bo'yicha ishlab chiqilgan "O'zbekiston Respublikasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash" Davlat dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil 28- avgustda tasdiqlangan.
Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o'zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuyini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa, qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo'nalishlarini belgilavdi. Dasturning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
- aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandalik, iste'molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug'ullanish istagini rag'batlantirish:
- qishloq xo'jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan ta'minlash maqsadida qishloqda yangi ish o'rinlari tashkil etish;
- qishloqda bozor munosabatlari va infratuzilmasini jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish;
- xizmatlar hajmini, ayniqsa, bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bog'liq ilm-fanni ko'p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;
- xo'jalik yuritish samaradorligini oshirish, ichki bozorni tovarlar bilan to'ldirishni va ishlab chiqarishning eksportga mo'ljallanishini ta'minlovchi unchalik katta bo'lmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish.
Dastur davlatning har tomonlama qo'llab-quvvatlovchi bozor jarayonlari asosida O'zbekiston aholisining tashabbusli, yaratuvchi keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur quyidagi to'rt qismdan iborat.
Bozor infratuzilmasini hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari.
Dasturni amalga oshirishni moliyaviy ta'minlash.
Dasturning bajarilishini tashkil etish.
Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida respublikada va har bir viloyatda har yili aniq chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi va belgilanadi hamda ularning bajarilishi monitoring qilib boriladi.
"Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonunda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat organlarining vakolatlari quyidagicha taqsimlangan va belgilangan.
1. Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari:
- tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni o'rganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan me'yoriy- huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
- tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta'minlash;
- tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishga ko'maklashish;
- tadbirkorlik subyektlariga o'z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko'maklashish;
- tadbirkorlik subyektlariga tegishli xabarlarni yetkazish va tushintirish ishlarini, konsalting, lizing, sug'urta va boshqa xil xizmatlar tizimini rivojlantirishni tashkil etish;
- tadbirkorlik subyektlariga kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko'maklashish;
- tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari:
- tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari va choralarini belgilash;
- tadbirkorlik subyektlari uchun mahalliy soliqlar va yig'imlar bo'yicha imtiyozlar belgilash;
- tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
3Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag'batlantirilishi:
- tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan, chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb qilish uchun, shuningdek, bozor infratuzilmasini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
- eksport-import operatsiyalari. xalqaro ko'rgazmalar va yarmarkalarda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko'rish;
- tadbirkorlik subyektlari samarali faoliyat уuritishlari uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta'minlash;
- zooveterinariya xizmati ko'rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
- soliqlar, yig'imlar va tariflar bo'yicha imtiyozlar belgilash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |