Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm



Yüklə 91,46 Kb.
səhifə12/16
tarix15.01.2022
ölçüsü91,46 Kb.
#51279
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
KURS ISHI Raxmanov Xusniddin

Xulosa va takliflar
Xulosa qilib aytganda, «O‘zbekengilsanoat» DAK qoshida to‘qimachilik
mahsulotlari reklamasi va marketing agentligi tashkil etilgan bo‘lib, u jahon yengil
sanoat mahsulotlari bozorlarining kon’yunkturasini o‘rganadi, talab borasida
yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qiladi, mahsulotni eksport qilish yo‘nalishlari,
korxonalar tomonidan narx-navo siyosatining amalga oshirilishi yuzasidan takliflar
ishlab chiqish lozim.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan
yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar)
o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda
keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash
uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo
va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish
uchun kurashni ham anglatadi. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun
raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar
o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan
sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish
imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi
turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning
shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati
sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va
bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi
ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik
o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli
alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat,
monopoliya va oligopoliyadir.

“O‘zbekengilsanoat” DAK tizimidagi korxonalarni modernizatsiya qilish


istiqbollari, faoliyatining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqot
natijalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston yengil sanoati majmuida raqobatni
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarni mustahkamlash bilan bog‘liq taklif va
tavsiyalar ishlab chiqildi.


Yüklə 91,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin