Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü120,5 Kb.
#186976
1   2   3   4   5   6
Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari

"MTM da ertalabki badantarbiya"
MTM ning katta guruxlarida ertalabki badantarbiya jarayonini kuzatish (Ibn Sino ijodiyotida jismoniy chiniqtirish bo’yicha ertalabki badantarbiya jarayonining maktabgacha yoshdagi bolalarga ahamiyati xususida)
"Shogirdlar ustoz haqida"
Tabiblarning tabibi Ibn Sino kunlardan bir kuni qatgik ogrib, ko’rpa-to’shak qilib yotib olibdi. Ibn Sinoning shogirdlari, eng yaqin do’stlari yig’ilishibdi. Ular yaxshi so’z aytib, ulug’ tabibning ko’nglini ko’tarishga harakat qilishibdi. Shogirdlari ustozlarini dori-darmonlar bilan davolashga kirishibdilar.
Ibn Sino do’stlariga raxmatlar aytib, shogirdlariga esa bunday debdi: - Ey shogirdlarim, msning kunim bitgan ko’rinadir.Shu boisdan meni davolayman, deb behuda harakat kilmanglar. Bordi-go, kunim bitib, vafot etsam, yigi-sig’i qilib, o’tirmanglar. Faqat hakkimga duo qilib, onda-sonda qabrimni ziyorat qilsanglar bas. Va yana ustoz olamdan o’tdi, endi tabobat oqsaydi, deb ham kayg’urmanglar. Urnimga 5 ta zo’r tabibni koldirib ketmoqdaman. Shu tabiblarning maslahatlariga ham o’zingiz doim amal qilinglar.Boshkalarni xam ularga da’vat etinglar,-debdi. Shunda Ibn Sinoning shogirdlaridan biri:
- Ustoz, siz aytgan tabiblar kimlar? Dsb so’rabdi.
Ibn Sino:
Men qoldirib ketayotgan zo’r tabiblarning biri-tozalik. Ikkinchisi-parhez.Uchinchisi-badan tarbiyadir. Qolgan ikkisi mijoz bilan kayfiyatdir.
Demak, doimo pokiza, ozoda bo’lishni unutmang. Ko’ringan ovqatni yeyavermaslik, apil-tapil ovqatlanmaslik, ovqatlanishda parhyez me’yorini bilishlik lozim. Badan a’zolarini harakatsiz qoldirmaslik, mijozni unutmaslik, kayfiyatni yaxshi tutishga harakat qilish kerak. Mana shu aytganlarimga amal qilinsa, kasallanish u yokda tursin, bevaqt o’lim ham bizdan orkaga chekinadi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlamoqchimanki, buyuk siymo Abu Ali Ibn Sinoning boy merosi abadiy va beqiyosdir.Yesh avlod hayotida porlok yulduzdir.
... Shogird o’lim to’shagidagi ustozi yoniga keldi. Uning ko’z o’ngida mo’jiza yuz berayotgan edi.Mana, 39 kundirki ustozi o’limidan oldin qoldirgan malhamni uning og’ziga tomizadi:Chunki uning ustozi "Agar shu malhamni 40 kun mobaynida og’zimga tomizsang, menga jon enib yana tirilaman" deya tayinlagan edi. Shubhaga, ikkilanishga o’rin yo’q. Axir bu gapni kimsan Ibn Sinoning o’zi aytgandi. Minglab bemorlarni naq o’limining changalidan qutqargan Ibn Sino ajalga ham davo izlardi. Shogirdning qo’lida ustozi qoldirgan malhamning so’nggi tomchisi solingan shisha idish. Oqargan yuziga yana qon yugura boshlagan, lablari ham qizarib qolgandi. Mana, ustoz ko’z ochadigan damlar yaqin. Ammo shogirdni shu qadar hayajon bosdiki, bexosdan qo’li qaltirab dori to’kilib ketdi. Shogirdning birgina hayajoni tufayli "tabiblar shohi", deya nom qozongan Ibn Sino muqarrar o’lim changalida qolib ketdi. Afsuski, ajalga davo bo’luvchi hayot dorisini qanday tayyorlash sir-asrorlari faqatgina Ibn Sinoga ayon edi.
Benazir hakimning vafotidan so’ng yuqor^idagi voqyea haqida ming-minglab afsonalar to’qildi, barchapi davolagan tabib o’zining hayotini saqlab qolmagani butun dunyoga ovoza bo’ldi.
Ushbu ajib voqeaga xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, Buyuk Ibn Sino dunyo bo’ylab olamshumul hodisa yaratdi. Uning inson salomatligi, sog’lomlashtirish uchun turli chiniqtiruvchi muolajalari, tadbirlari buning yaqqol tasdig’idir.
Mana shunday ijodiy merosdan jamiyat va yurt uchun foydali boylik biz yosh avlodni ruxlantirmasdan qo’ymaydi. Zero, sog’lom muhit yaratish, yangi avlodni sog’lom turmush tarzi asosida shakllantira borish eng muhimi bolajonlarni jismonan, ruxan chiniqtirish yurt boyligiga aylanadi.
Abu Ali ibn Sinoning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi g’oyalarida jis-moniy tarbiya masalasi g’oyat muhim o’rin tutadi.
Xalq og’zaki ijodida va buyuk mutafakkir, shoirlar, asarlarida jismoniy mashg’’ulot bilan shug’ullangan kishilarning kuchli, qo’rqmas, botir, sog’lom bo’lishlari, har qanday dushmanni yenga bilishlari to’g’risida juda ko’p ma’lumotlar bor. Lekin O’rta Osiyoda X asrgacha jismoniy mashg’’ulotning kishi organzmiga ta’siri to’g’risida ma’lum bir ta’limot bo’lmagan edi. Kishi organizmini chiniqtirishda jismoniy mashg’’ulotning roli katta ekanligini tabiiy-ilmiy tomondan Ibn Sino asoslab berdi. U muntazam kurashda jismoniy mashq qilib turish, boshqa rejimlarga (ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish) qat’iy rioya qilish sogiikni saqlashda eng muhim va asosiy shartlardan biridir, deb biladi.
Ibn Sino kishining anatomik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ,Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishiga majbur qiladigan ixtiyoriy harakatdir", - deb jismoniy mashg’’ulotga ta’rif beradi.
Shuning uchun ham Ibn Sino jismoniy mashq bilan mustaqil shug’ullanadigan kishining organizmi juda mustahkam bo’lib, har qanday kasalliklarni yengib o’tishga qodir bo’lishini isbot qilishga harakat qiladi.
Ibn Sino jismoniy mashq bilan shug’ullanib yurgan kishi birdaniga tartibni buzsa, salomatligiga zarar keltiradi, bunda „Kishi, ko’pincha ingichka og’riq kasalligiga uchraydi...", -degan fikrni bayon etadi.
Ibn Sino jismoniy mashq bilan muntazam shug’ullanadigan odamning organizmida keraksiz moddalar to’planib qolmasligini, badandagi tabiiy issiqliklarning oshirishini va organizmni yengil, chaqqon bo’lishini isbot qilib beradi.
Ibn Sino o’zining „Tib qonunlari" asarining birinchi kitobida jismoniy mashg’’ulotni kishining yoshiga, sihat-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va odatlarda o’tkazish kerakligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, bolalik, o’smirlik, yigitlik vaqarilik chog’larida kishi jismoniy mashg’’ulotga turlicha munosabatlar bo’lishi kerak-ligi masalasini ko’tarib chiqishi, Ibn Sinoning ocjam anatomiyasi va fiziologiyasini mukammal bilganidan, kishi organizmining doimo taraqqiy etib borishini ilmiy asosda tushunganligidan dalolat beradi.
Kishi organizmini chiniqtirish va taraqqiy ettirishda tabiat kuchlari-dan: (quyosh, havo, suv) foydalanish katta ahamiyatga ega ekanligini, jismoniy mashqning kishidagi sezgi organlarini taraqqiy ettirishi uchun ham katta rol uynashini isbot qilib berganligini ko’ramiz.
Ibn Sino kishi organizmini chiniqtirishda tabiatning tabiiy kuchla-ridan: havo, suv, quyoshdan jismoniy mashg’’ulotlar bilan qo’shib olib borish va foydalanishga katta e’tibor beradi.
„Toza havo, - deydi Ibn Sino, - bug’ va tutun kabiyot narsalar aralashmagan havodir. Bu ochiq joydagi havodir. Bunday havo toza va tiniq bo’lib, unchalik, chuqurlik, chakalakzor, botqoq yerlar va polizlardan, ayniqsa, karamo’simligi eqilganyerlardan ko’tariladigan suv bug’lari aralashmagan bo’ladi". Olimning fikricha, kishi orga­nizmini chiniqtirishning birdan bir omili sof havoda davomli sayr qilish, sayrni har xil harakatlar, jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borilishi kerak. Ayniqsa, yosh bolalarga ko’proq sof havoda har xil harakatli mashqlar qildirilishi ularning organizmini chiniqtirishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Olimning kishi organizmini chiniqtirishda „Sovuq suvda cho’-milish" va „Hammomda cho’milish" juda ham foydali ekanini eslatib o’tadi.
Ibn Sinoning hammomda cho’milishi haqida sportchilarga bergan maslahati, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning fikricha, „ Jismoniy mashg’’ulot bilan shug’ullanuvchi kishi, butunlay hordiq chiqarmaguncha hammomga borishga shoshilmasligi", - kerak. Ibn Sino gigiyena sohasidagi bir qancha fikrlarida ilmiy tomondan asoslangan holda eng yaxshi, toza suv iste’mol qilish kerakligi, uning me’yori to’g’risida gapiradi. U toza oqadigan daryo suvini, yerdagi chirindilar aralashmasdan, toshloqlardan oqadigan suvni toza suv, deb biladi. Suvning yaxshi yomonligini bilish uchun og’irligi teng bo’lgan ikki parcha lattani yoki ikki bo’lak paxtani olib, ikki xil suvda ho’llanadi va tarozida tortiladi, qaysi latta parchasi yengil kelsa, o’sha latta parchasi botirilgan suv toza hisoblanadi. Lekin Ibn Sino, „suv har qancha toza bo’Imasin, undan har xil yuqumli kasalliklar o’tishi mumkin, shuning uchun ham suvni qaynatib, filtrdan o’tkazish kerak", - deydi.
Kishi organizmini chiniqtirishda Quyosh nuridan to’g’ri foyda-lanish katta ahamiyatga egadir. Ibn Sino bu masalaga katta e’tibor berib, agar quyosh nuridan to’g’ri foydalanilsa, organizmda modda almashtirishning yaxshilanishi va natijada, organizmning o’sishi va taraqqiyoti yaxshi bo’lishi, chiniqishi va nihoyat, kishining tetik boiishiga sabab bo’ladi. Organizmda ortiqcha moddalarning to’planib qolishidan saqlaydi, bosh og’rig’ini yo’q qiladi va miyani mustahkamlaydi", - deb uqtiradi.
Kishi organizmini chiniqtirishda massaj (uqalash)ning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ibn Sino massajni, bir tomondan, davolash uchun, ikkinchi tomondan, charchashlikka qarshi kurashish shartlaridan biri, deb hisoblaydi. Uning fikricha, massaj kuchli va kuchsiz bo’ladi. Kuchli massaj qilish organizmni chiniqtirishga yordam beradi, kuch­siz qilinadigan massaj badanni yumshatadi.
Ibn Sino qanday massaj qilish kerakligi masalasiga aniq to’xtalib, jismoniy mashq boshlanishidan oldin va mashq tugagandan keyin massaj qilish yoilarini ko’rsatadi va tiklash massajiga ajratadi.
Ibn Sinoni tavsiya qilishicha, tayyorgarlik massajini jismoniy mashg’’ulot boshlamasidan ilgari qilinadi, u barcha muskullarni mashq qilishga tayyorlashi kerak. Massaj qilish yengildan boshlanib, mashq qilish oldidan kuchaytiriladi.
Tiklash massaji jismoniy mashq tugagandan keyin qilinib, uni Ibn Sino „Tinchlantirish" massaji deb ham ataydi. Bu massajning maqsadi taranglashib turgan mushaklarni bo’shashtirishdan iboratdir.
Tiklash massaji. Ibn Sinoning ko’rsatishicha, agar bu xil mas­saj ma’lum yengil sur’atda olib borilishi kerak, kuchli „Qattiq va qo’pol ravishda olib borilsa, ayniqsa, bolalarda o’sish to’xtab qolish mumkin.
Ibn Sino jismoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarda faqat jismoniy mashqqa ta’rif beribgina qolmasdan, balki uning tarkibida har xil usul borligini va ulardan qanday qilib foydalanish kerakligini ham ko’rsatib o’tadi. Ibn Sino jismoniy mashg’’ulotning roli haqida gapirar ekan, uning kishi organizmi uchun foydali ekanligini ta’kidlaydi va jismoniy mashg’’ulotga odamning shu jarayonida qiladigan harakat-lari va maxsus jismoniy mashq harakatlari kira^i, degan fikrni ilgari suradi.
Maxsus jismoniy mashqlarni deydi Ibn Sino quyidagicha: „Kichik yoki katta, juda tez yoki sekin mashqlar bo’ladi", - deydi

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin