�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi Taqdim etishning davriyligi Buxgalteriya balansi – 1-shakl
har chorakda
moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot –2-shakl
har chorakda
asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot – 3-shakl
yillik
pul oqimi to‘g‘risida hisobot – 4-shakl;
har yarim yillikda
xususiy kapital to‘g‘risida hisobot – 5-shakl;
yillik
izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar
yillik
tushuntirish xati
Choraklik moliyaviy hisobot hisobot choragidan keyingi oyning
25-kunidan kechikmasdan taqdim etiladi. Yarim yillikning moliyaviy
hisoboti shu yilning 25-iyulidan kechikmasdan taqdim etilishi kerak.
Bir shaharda joylashgan korxonalar tomonidan moliyaviy hisobotni
taqdim qilish muddati uni aynan taqdim qilingan kun hisoblanadi, boshqa
shahardagilar uchun esa jo‘natilgan va aloqa bo‘limi muhri bilan
belgilangan kun hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish kuni ish bo‘lmagan kunga to‘g‘ri
kelgan paytda, taqdim etish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga
ko‘chiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ba’zi-bir xo‘jalik
sub’ektlari uchun bu xo‘jalik subyektlari faoliyatining o‘ziga xos
xususiyatlarini, ulardagi hisob ishining murakkabligini (shu bilan birga
avtomatlashtirilganlik darajasini) o‘rganib chiqqandan keyin choraklik
va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini
belgilaydi (1- son BHMA, 64-band).