�sharq� nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririya
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar
schyotlaridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning
quyidagi hollarida qo‘llanadi: budjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar,
jarimalarni undirishda va mablag‘larni hisobdan o‘chirishning so‘zsiz
tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning farmoyishlari
bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha.
Mablag‘larni schyotlardan so‘zsiz tartibda hisobdan o‘chirish
undiruvchilarning to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim
etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.
Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi
bank muassasasidan oladi. Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar, kasallik
varaqasi bo‘yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo‘jalik
xarajatlari uchun naqd pullarni bank cheki asosida korxonaning hisob-
kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan
naqd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan
iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa,
chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek, olingan summaning
nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.