Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar
topshirilganligi rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat bir nusxada to‘ldiriladi
va unda to‘lanadigan pulning hosil bo‘lish manbayi ko‘rsatiladi. Bank
qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi, u buxgalteriyada kassa
chiqim orderini tuzish va kassa bo‘yicha pul mablag‘larini hisobdan
chiqarish uchun asos vazifasini o‘taydi.