TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI SHARQ SIVILIZATSIYASI VA TARIX FAKULTETI MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI VA ETNOLOGIYASI KAFEDRASINING 2022 YIL 7 DEKABRDA O‘TKAZILGAN 4 SONLI MAJLIS BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA 2022 yil 7 dekabr Toshkent sh.
Rais – R.R.Alimova,
Kotib – A.S.Shosaidov
Qatnashdilar: kafedra mudiri - t.f.n., dots. R.R.Alimova, t.f.d., prof. A.X.Doniyorov, t.f.n., dots. I.M.Xaydarov, PhD., dots. v.b. A.Madraimov, t.f.n., dots. SH.J.Saidov, t.f.n., dots. Fayziev, staj. o‘qt., A.S.Shosaidov, PhD o‘qt. Odilov B.A, PhD o‘qt. M.M.Asqarov, PhD o’qt. X.Nazirova, o‘qt. I.B.Xudoynazarov, staj. o‘qt. N.R. Karimov, staj. o‘qt. S.Salimov, staj. o‘qt. M.M.Turdixo‘jaeva, doktorantlar, V.Abirov, B.I.Zokirov, A.Eshmaxammatov, A.Abduxalilova,
KUN TARTIBI: III. Turli masalalar.
O’qituvchi-stajyor M.M.Turdixo‘jaevaning “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi.
1. Eshitildi: Kafedra mudiri R.R.Alimova so‘zga chiqib quyidagi ma’lumotlarni berdi. 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkaziladigan ochiq darslar rejasiga muvofiq, 2022 yil 29 noyabrda 2-juftlikda (soat 10:00) 1-kurs Sharq filologiyasi talabalariga O’qituvchi-stajyor M.M.Turdixo‘jaevaning “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusidagi ochiq bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risida axborot berdi. Ochiq darsga kafedradan R.R.Alimova, B.A.Odilov, A.A.Madraimovlar ishtirok etdilar. T.f.n., dotsent R.R.Alimovaga o’qituvchi-stajyor M.M.Turdixo‘jaeva ochiq darsi to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qildi.
O’qituvchi-stajyor M.M.Turdixo‘jaevaning darsi kirish, asosiy qism, mustahkamlash, xulosa qismlaridan iborat bo‘ldi, bundan tashqari dars oxirida uy vazifasi mavzusi va mustaqil ta’lim topshiriqlari berildi. Dars mavzusi “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” bo‘lganligi sababli, asosan, “O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga a’zo bo’lishi haqida uning sabablari va natijalari atroflicha tushuntirilib, darsda ushbu mavzu muhitini o’zida mujassamlashtirilgan
turli foto rasmlardan foydalanib, taqdimot asosida dars mashg‘ulotini olib bordi. Dars mavzusi fan dasturi va ishchi rejaga mos, darsning tashkiliy jihatlari talabga to‘liq javob beradi. Dars ko‘zlangan maqsadga erishildi, deb hisoblash mumkinligini alohida e’tirof qilindi.
2. PhD, v.b. dots. A.A.Madraimov R.R.Alimovaning so‘zini davom ettirib, haqiqatdan ham O’qituvchi-stajyor M.M.Turdixo‘jaevaning darsi innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilinganligi, dars davomida turli interfaol usullardan foydalangan holda tushuntirib berishga harakat qildi. Talabalarning darsdagi ishtirokini ta’minlash uchun ularga turli savollar berdi, aqliy hujum texnologiyasini ishlatgan holda ularni egallagan bilimlarini tekshirdi va shu usulda talabalarni qiziqtira olganligini e’tirof qildi.
3. PhD B.A.Odilov ham yuqoridagi fikrlarga qo‘shilgan holda, dasrning sifati, o‘qituvchining darsga tayyorgarlik darajasi, darsga doir hujjatlar talab darajasida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
QAROR QILINDI: O’qituvchi-stajyor M.M.Turdixo‘jaevaning “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusidagi ochiq darsi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O’qituvchi-stajyor M.M.Turdixo‘jaevaning “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo’yicha “O‘zbekiston va jahon hamjamiyati” mavzusidagi ochiq darsi ko‘zlangan maqsadga erishilganligi qayd etilsin.