Toshbaqa, hoy, toshbaqa, Suroni qaytib ber! Odamning xotinini olib ketish katta gunoh. Agar gapga ko’nmasang va bermasang, To’r tashlab seni ushlaymiz va Qovurib yeymiz! Buni eshitgan ajdar xonimni dengizdan chiqarib bergan.
“Chxoyobran” haqidagi afsonada Bezgak ruhi Chxoyonning xotinini sevib qolgani haqida hikoya qilinadi. Tunda u odam qiyofasiga kirib Chxoyonning uyiga keladi va uning xotini bilan birga uxlaydi. Chxoyon uyga qaytib kelib o’z to’shagida xotini bilan begona erkak yotganini ko’radi. Shunda u quyidagi qo’shiqni kuylaydi:
Oydin tunda poytaxtda Yarim tungacha sayr qildim. Uyga kelib o’rnimda Ikkita oyoq-meniki, qolgan ikkitasi kimniki? Avvalboshdan meniki edi, Endi uni olib qo’yishdi. Endi nima qilaman? Chxoyondan u shafqatsiz o’ch olishini kutgan shayton minnatdorchilik tariqasida Chxoyonga eshikda uning nurli qiyofasini ko’rsa, uyga kirmaslikni va’da qiladi. Shu sababli davlat kishilari darvozaga Chxoyonning tasvirini mustahkamlaydilar va shu tariqa yomonlikni quvib, yaxshilikni chaqiradilar.
Sodon haqidagi afsonada yams yig’ib, uni sotib, shu bilan tirikchilik qilgan yigit to’g’risida hikoya qilinadi. Silla podshosi Chinpxyon vanning Son Xva ismli go’zal qizi borligini eshitib Sodon poytaxtga keladi. Ko’chada bolalarni yams bilan mehmon qiladi, qo’shiq to’qiydi va uni bolalarga o’rgatadi. Bolalar shunday deb kuylaydilar:
Malika Sonxva Yashirincha erga tegibdi, Tunda Sosonni quchib ketti. Bolalar qo’shig’i poytaxtni to’ldiradi. Amaldorlar malikani surgun qilib, yashirincha maslahat berishadi. Malikani surgun joyiga olib ketishayotganida Sodon uni qo’riqlashni taklif qiladi. Malika rozi bo’ladi. Ular yashirincha hayot kechirishadi. Keyinroq, u yigitning ismi Sodon ekanligidan xabar topadi va bolalar qo’shig’i o’ngidan kelganiga ishonch hoil qiladi.
Xyanga mavjudligining keying davrlarda koreys tilidagi dunyoviy individual she’riyat rivojlangan bo’lsa kerak. Uning bir nechta namunasi saqlanib qolgan. Bular “Xvaran Chukchi haqida qo’shiq”. Ular 9-11- asrlar koreys tilidagi she’riyatning yuksak adabiy saviyasida, shuningdek, uning Uzoq Sharq she’riy an’anasi bilan aloqasidan dalolat beradi.