Samguk Sagi konfutsiychilarning ratsionallik nuqtai nazaridan
II.BOB. “Samguk Sagi” dagi xyangalarni ijtimoiy muhitda tutugan o’rni va Chonsanning adabiy talqini haqida 2.1. Samguk Sagi haqida Xanmundagi she’riyat bilan bir qatorda idu usulida yozilgan koreys tilidagi she’riyat ham mavjud bo’lgan. Ona tilidagi koreys she’riyati xalq laparlari va qo’shiqlari zaminida vujudga kelgan. Ilk koreys yodgorliklari Koreya yarimorolida yashagan qabilalarda mazkur ijodning rang-barang bo’lganini tasdiqlaydi. Ular qo’shiq ijodi Koreya jamiyatining hayotida davlat vujudga kelishidan oldingi davrda va o’tish davridagina emas, balki rivojlangan adabiyotga ega bo’lgan kuchli markazlashgan byurokratik davlat mavjud bo’lgan Koryo sulolasi hukmronligi boshlangunga qadar ham ulkan rol o’ynaganidan dalolat beradi.
Ona tilidagi she’riyat mehnat jarayoniga yo’ldosh bo’lgan, u barcha an’anaviy bayramlarning ajralmas qismi sanalgan, kasalliklar va tabiiy ofatlar davrida turli marosimlarda undan foydalanilgan. Uning mazkur roli ona tilidagi she’riyat haqida adabiy fakt sifatida so’z yuritish mumkin bo’lgan zamonlarda ham saqlanib qolgan (masalan, “Uch davlat davridan qolgan voqealar” dan o’rin olgan voqeada davlatdan xavf-xatarni qaytarish haqidagi o’tinchda xyangadan foydalanish) U yozma shakl kasb etganidan keyingina adabiy hodisaga aylangan.
Ona tilidagi she’riyat – xyanga (“Qadrdon makon qo’shiqlari”) yoki Senen nore yoki Sanvega (“Sharq qo’shiqlari”) Bu atama muayyan tipdagi she’riy asarlar o’n misrali xyangani ifodalash uchun ishlatiladi. Xyanga 8-10-asrlarga mansub hodisa hisoblanadi. Xyanga matnlari bizgacha “Kyunyoning ko’rgan-kechirganlari”da (o’n bir xyanga) va “Uch davlat davrodan qolgan voqealar”da (o’n to’rt xyanga) yetib kelgan.
Buddaviylik marosimlarida ona tilidagi she’riyatning ahamiyati tobora oshib borgan, u tinglovchilarga tushunarsiz bo’lgan sanskritda va xitoy tilidagi she’rlarni siqib chiqargan. “Kyunyoning ko’rgan-kechirganlari”, “Uch davlat davridan qolgan voqealar” va Enninning xotiralarida qayd etilishicha, bu jarayon 9-11 asrlarda yanada faollashgan. Shunday qilib, dunyoviy sohada xanmundagi she’riyat birinchi o’ringa chiqishi bilan bir qatorda, diniy sohada teskari jarayon-xorijiy matnlarni koreyscha matnlar bilan almashtirish jarayoni yuz bergan.
Buddizm xyanga she’riyatiga manfaatdorlik ko’zi bilan qaragan. Xyanga yaratgan shoirlarning bizgacha yetib kelgan ismlari ularning ko’pchiligi buddaviy rohiblar bo’lganidan dalolat beradi. Chunonchi, hozirgi davrgacha yetib kelmagan “Qadimgi she;riyat to’plami” antologiyasi (888-yil) tuzuvchilaridan biri Tego buddaviy rohibi bo’lgan. Tego bir nechta xyanga muallifi sifatida ma’lum. Bizgacha yetib kelgan xyanga matnlari buddaviy mualliflarining asarlaridan o’rin olgan. Chunonchi, atoqli shoir Kyunyo (917-973) qalamiga mansub bo’lgan o’n bitta xyanga ham buddaviylik marosimlari bilan bog’liq. Mana shunday xyangalardan biri: