Sharq Tillar" fakulteti "



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə7/10
tarix03.05.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#106441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Samguk Sagi konfutsiychilarning ratsionallik nuqtai nazaridan

Bu serzahmat
Dxarma dunyosi, Budda taxti sari
Yo’l olmoqdaman
Va haqiqat yomg’irini so’rab yolvoryapman.
Undan butun tiriklik o’sadigan,
Yaxshilik nihollari nish ura olmaydigan
Dalani sug’orishni so’rayapman.
Zero, tiriklarning tashlandiq tuproqda
Chuqur ildiz otgan jonlari ehtiroslarga berilgan.
Uyg’onish oyi aniq bo’lgan kuz kelsin
Va ma’rifat mevalari yetilsin.
Bu xyangani Kyunyo buddaviylar marosimi chog’ida xitoycha matnni koreyscha she’r bilan almashtirish uchun “Xyan’tszin” sutrasining mashhur boblarining biri asosida yaratgan.
“Kyunyoning ko’rgan-kechirganlari” da Kyunyo yozgan so’zboshi ham keltirilgan. Unda Kyunyo xalq ardoqlaydigan xyanga she’riy shaklidan aholi o’rtasida buddizm g’oyalarini tarqatish uchun foydalanmoqchi ekanligini aytgan. Ammo ona tilidagi she’riyat to’laligicha buddizm ruhi bilan sug’orilgan edi, deb aytish to’g’ri bo’lmaydi. Har qalay, “Kyunyoning ko’rgan-kechirganlari” , “Tarixiy yozuvlar” va “Voqealar “ da Koreyada buddaviy bo’lmagan boy she’riyat mavjudligini tasdiqlovchi ko’p sonli guvohliklar jamlangan. Chunonchi, ”Voqealar”da arxaik koreys she’riyatining xitoychaga tarjima qilingan to’rt hijoli namunalari saqlanib qolgan.
Xyanganing hozirgacha saqlanib qolgan namunalari orasida shunday bir folklor asarlariga duch kelish mumkinki, ular nasr she’rlar bilan birga keladigan epik qissalarning bir qismi bo’lgan bo’lsa kerak. Bular “Voqealar”dan o’rin olgan “Dengiz qo’shig’I”, “Chxoyon qo’shig’i” va “Sodon qo’shig’i” she’rlaridir.
“Suro xonim” haqidagi afsonada u eri-sujon knyazi bilan birga safarga chiqqani haqida hikoya qilinadi. Dengiz bo’yiga yetganda ular tushlikka to’xtadilar. Qirg’oq yaqinida baland qoya bo’lgan. Tepada anvoyi gullar o’sgan. Suro xonim ularni ko’rib, o’z a’yonlariga: “Kim gullarni uzib, menga taqdim etadi?”, deb murojaat etgan. A’yonlar qoyadan gullarning uzishning iloji yo’qligini aytganlar. Shu yerdan o’tib ketayotgan bir chol qoyaga chiqib gullarni uzib tushgan, qo’shiq to’qigan va xonimga taqdim etgan. Ular yana yo’lga chiqqanlar. Yana dengiz bo’yicha tushlik qilgani to’xtaganlar. Birdan dengiz ajdari paydo bo’lgan va xonimni olib dengizga kirib ketgan.
Cholning maslahati bilan odamlar yig’ilib, “Dengiz qo’shig’i”ni kuylaganlar:

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin