346-350 SHARQ UYG‘ONISH DAVRI MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA YOSHLARNI INTELEKTUAL SALOHIYATINI TARBIYALASH
Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences 348
faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy
merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-
Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar.
Qomusiy olimlar o’z ilmiy merosida ta’limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e’tibor berib, bu
asarlarda ilgari surilgan g’oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan
kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib,
ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan
nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi. Yuqorida tilga olingan mutafakkirlar
va ularning o’lmas ma’naviy-madaniy merosi yosh avlodni intellektual salohiyatli ya’ni yuksak
axloqli, mehnatsevarlik, ilmga chanqoqlik, sof vijdonlilik, ota-onaga va Vatanga muhabbat ruhida
tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.
Ta'lim-tarbiya, insoniy munosabatlarning falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ochib bеriladi. Shu
jumladan Islom olamining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim»da ham komillikning bеshta tamoyili
komillikka erishish uchun talab etiladi.
1.
Mehnatim muhabbatim.
2.
Ma'rifatim sarmoyam.
3.
Dinim aqlim.
4.
Ilmim qurolim.
5.
Sabru qanoat libosim.
IX-XV asrlar Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyati rivojida muhim davr hisoblanadi. Shu bois
faylasuf, tarixchi, pedagog, matematik olimlar bu davr madaniy-ma’rifiy merosi haqida qator ilmiy
tadqiqot ishlari olib borganlar.
Pedagog – olimlarning Sharq mutafakkirlari ijodida ta’lim-tarbiya, shaxs ma’naviy kamoloti
masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarning pedagogika fani rivojida muhim o’rni bor. Lekin
ular allomalar merosida olg’a surilgan ta’lim-tarbiya masalalarini yoritishda milliylik tamoyilidan
kelib chiqqan holda yondashmadilar.
Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga
bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la
oladigan hodisadir.