Interdisciplinary Conference of
Young Scholars in Social Sciences
349
Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda
inson xislatlari
to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy
qarashlarida
odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga
ahamiyat
beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga,
ruhiy
quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib
turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida
narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli,
ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-
saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan
oldin nimani bilish
kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy
rivojlanishi ilm-ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: