Interdisciplinary Conference of
Young Scholars in Social Sciences
346
SHARQ UYG‘ONISH DAVRI MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK
TA’LIMOTIDA YOSHLARNI INTELEKTUAL SALOHIYATINI
TARBIYALASH
Turdiqulova Nilufar To‘lqin qizi
Nizomiy nomidagi TDPU “Pedagogika va psixologiya” fakulteti magistranti
Annotatsiya: Ushbumaqoladadunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda
o
ʻzining intellektual salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratliekanligi, sharq uyg‘onish davri
mutafakkirlarining pedagogik ta’limotida yoshlarni intelektual salohiyatini tarbiyalash davr talabi
asosida o’zbek pedagogikasi tarixi turli oqimlar, jarayonlar ta'sirida rivojlanib kelganligi, umuman
olganda sharq uyg‘onish davri mutafakkirlarining pedagogik ta’limotida yoshlarni intelektual
salohiyatini tarbiyalash masalalari yoritib berilgan.
Kalitso‘zlar:dunyo, munosabat, hurmat, shakllantirish, yoshlar, intelektual, salohiyat, tarbiyalash,
insoniyat, tafakkur, buyuk, kashfiyot, yuksak ma
ʼnaviyat, qudratli, millat, sharq uyg‘onish davri,
mutafakkir, pedagogik ta’limot, oqim.
Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda oʻzining intellektual salohiyati,
yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo,
insoniyat
tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda, – dedi Prezidentimiz.
Yoshlarni intelektual salohiyatini tarbiyalashda Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlari Imom
Buxoriy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Alisher Navoiy kabilarning
pedagogik ta’limoti merosi xalqlarimizning milliy yuksalishiga katta hissa qoʻshgan. Qozizoda
Rumiy Samarqandda mudarrislik qilgan. Ali Qushchi hayotining soʻnggi yillarini Istanbulda
oʻtkazgan.
Abdurauf Fitrat, Muhammadsharif Soʻfizoda, Said Ahroriy kabi koʻplab jadid
bobolarimiz Turkiyada tahsil olgan.
Bugungi kunda Istanbulda Abu Rayhon Beruniy nomidagi universitet bor. Turkiya kitob fondlarida
Alisher Navoiy asarlarining 100 dan ortiq qoʻlyozmalari saqlanib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari
tomonidan yurtimizda zamonaviy maktablar, ilmiy-maʼrifiy markazlar
tashkil etilayotganini
taʼkidlaydi.
Samarqandda Imom Buxoriy, Surxondaryoda Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot
markazlari, shuningdek, hadis, kalom, aqiyda,
tasavvuf, fiqh maktablari ochilgan. Toshkent
shahrida koʻp asrlik maʼrifat xazinasini namoyon etadigan, fundamental tadqiqotlar olib boriladigan
Islom sivilizatsiyasi markazi bunyod etilmoqda.
Bu yil ulugʻ allomalar Abduxoliq Gʻijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavalludlariga
bagʻishlangan tadbirlar oʻtkaziladi. Mahmudxoʻja Behbudiy tugʻilganining 145-yillik sanasi
nishonlanadi.
Shuningdek, joriy yilda Buxoro shahri "Islom madaniyati poytaxti", Xiva shahri
"Turkiy dunyo madaniyati poytaxti" deb eʼlon qilingani munosabati bilan bir qator xalqaro
anjumanlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekistonning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod
noyob qoʻlyozma
asarlar saqlanayotgani, ularning aksariyati oʻz tadqiqotchilarini kutayotganini
taʼkidladi, yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev.
Yuqorida keltirilgan bir qator fikrlarda ham intellektual salohiyatni shakllanirish masalasi barcha
davrda ham muhim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga qo’yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida