346-350 SHARQ UYG‘ONISH DAVRI MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA YOSHLARNI INTELEKTUAL SALOHIYATINI TARBIYALASH
Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences 347
komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta'kidlansa, islom
ta'limoti g’oyalariga ko’ra yetuklikning bosh mezoni - ilmlilik, bilimli bo’lishdir.
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham intellektual salohiyatli komil inson qiyofasining
yoritilishiga alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va
fozil jamoa (yetuk jamiyat) ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo’nalishi ekanligiga
urg’u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson sa'yi-harakati bilan barpo etilishi
mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs o’zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta
olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql ma’nolari tog’risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs
qiyofasida namoyon bo’lishi lozim bo’lgan o’n ikki fazilatni keltirib o’tadi. Bizning fikrimizcha,
mazkur fazilatlar har bir zamonaviy shaxsda o’z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotini
mo’'tadil kechishi hamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni
kafolatlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini intellektual salohiyat, ilmli bo’lishda deb hisoblaydi
va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg’u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik,
to’g’rilik, odillik, tadbirkorlik, o’zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek,
adolatli va vijdonli bo’lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo’lgan eng asosiy sifatlardir.
Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bo’lishni alohida qayd
etadi. Bilimli insonning adolatli bo’lishi esa uning yanada yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab
alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy xotirjamlik)ning muhim ko’rsatkichi ekanligini uqtiradi.
Alisher Navoiy asarlarida intellektual salohiyat, komil inson muammosi markaziy o’rinni egallaydi
va o’z orzusidagi intellektual salohiyatli komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida
gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega bo’lishi
borasidagi g’oya ilgari suriladi: aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor,qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar,
saqovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog’lom, jismonan baquvvat, mard va jasur.
7
Abdulla Avloniy intellektual salohiyatli komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq
mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, intellektual salohiyatli komil inson qiyofasida, yana
shuningdek, vatanparvarlik, hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo’lishi kerak, deb
hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat ma'naviy
rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o’rni va roliga alohida e'tibor
berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori
baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning borliq, unda kechayotgan o’zgarishlar, jarayonlar
mohiyatini anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga
ham sezilarli ta'sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo’lgan mikromuhit
xususiyatini inobatga olishni ta'kidlaydi. Bolani yomon ta'sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.
Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini
shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda». Sharq xalqlari ko’p asrlarga
borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson
qo’li, aqli, mahorat va malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy
hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z-
o’zidan paydo bo’lib qolmay, ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan. XI asrda
Xorazmda ilm-fan taraqqiy etadi. Xorazm shohi Ma’mun II o’z saroyiga zabardast olimlarni taklif
etadi. U tashkil etgan ―Bayt-ul-hikmaǁ - Donishmandlar uyi tarixda ―Ma’mun akademiyasiǁ deb
nom qoldirgan. Bu akademiyaning rivoj topishida Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, tarixchi
Miskavayx, riyoziyotchi Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Sahl al-Masixiy, tabib 4 Abulxayr
Xammor kabi olimlar ilmiy ijod bilan shug’ullanganlar. Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga
kelib ma’naviy ko’tarilish Sharq Renessansi – Uyg’onish davrining boshlanishga olib keldi.
Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o’z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo’lgan