Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlarining pedagogik ta’limotida yoshlarni intelektual salohiyatini tarbiyalash



Yüklə 168,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix05.06.2023
ölçüsü168,91 Kb.
#125524
1   2   3   4   5   6
346-350 SHARQ UYG‘ONISH DAVRI MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA YOSHLARNI INTELEKTUAL SALOHIYATINI TARBIYALASH

Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng 
yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson 
uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan 
(boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning 
asosini Qur’onda va Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’l-
yo’riqlari tashkil etadi.
1
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, 
mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular: 
aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar; 
ma’naviy-ruhiy qadriyatlar; 
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; 
badiiy-nafis qadriyatlar; 
diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan. 


Interdisciplinary Conference of 
Young Scholars in Social Sciences
349 
Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari 
to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining falsafiy 
qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat 
beradi. Uning ta’limotida, inson barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga, ruhiy 
quvvatga, aql va so’zlash qobiliyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib 
turishi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi. 
Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, 
ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining ”Baxt-
saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish 
kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy 
rivojlanishi ilm-ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi.

Yüklə 168,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin