Sharq uyg\'onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi
Abu Ali ibn Sino (980-1037) ta’lim – tarbiya masalariga jiddiy va ijodiy yondoshgan. Olimning bolani tarbiyalash va o‘qitish haqidagi pedagogik – psixologik qarashlari o‘zining chuqurligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini xayratda qoldiradi. Ibn Sino “Risolat at-tayr” (“Qush”), “Xayy ibn YAqzon”, (“Uyg‘oq o‘g‘li tirik”), “Donishnoma” kabi asarlarida o‘zining pedagogik va psixologik qarashlarini ifodalaydi. Masalan, u “Hayy ibn YAqzon” asarida yoshlarni do‘stlikka, bilim o‘rganishga chaqiradi: “… bir-biringizdan bilim o‘rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar”. SHuningdek, alloma shaxs fe’l-atvorini tabiatini chuqurroq tushunish uchun farosat ilmining, ya’ni ilmiy mantiqni bilishga da’vat qiladi. CHunki ilmiy-mantiq shaxs didini o‘stiradi, fikr doirasini kengaytiradi. U bu haqda shunday deydi: “Farosat ilmi foydasi naqd ilmlardandir. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning pinhoniy fe’l-atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo‘lsang, juda o‘tkir bo‘lib ketasan”. SHuning uchun ibn Sino ta’lim-tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakllari va metodlariga juda diqqat va e’tibor, mas’uliyat bilan qarash kerakligini ta’kidlaydi. Olimning e’tirof etishicha, ko‘rsatmalilik ta’limni aniq, yorqin va qiziqarli qiladi, kuzatuvchanlik va fikrlash, mushohada yuritishni o‘stiradi. Uningcha, inson narsa va hodisaning tashqi jihatlarini, ko‘rinishlarini o‘rganib, uni yanada chuqurroq bilishga intiladi. Narsalarning aslini yoki ularning suratini ko‘rish orqali bolalarda ular haqida ma’lum bir tasavvur hosil bo‘ladi. Ibn Sino ko‘rsatmalilikni ko‘rish, eshitish singari sezgi organlari orqali bog‘laydi. Olim o‘qitishning oddiydan murakkablikka tomon yo‘naltirishdan kelib chiqqan holda mashqlar qildirish,o‘qitishni esa faqat chuqurlashtirish asosida, ya’ni sinf tarzida o‘tkazish zarur, deb hisoblaydi.
Yuqorida ibn Sino muntazamlilik va uzviylik prinsipiga amal qilish zarurligini ta’kidlagi haqida aytilgan edi. O‘quvchilar kuzatish va tarjribalarini muntazam va uzviy jarayonga aylantirish orqali esa o‘quvchilarda mantiqiy mushohada yuritish qobiliyati rivojlanadi. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, o‘quv va jismoniy mashqlarni bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda suhbatlar, tushuntirishlar bilan birga qo‘shib olib borish kerak. YAkka tarzda o‘qitgandan ko‘ra guruhlarda (sinfda) o‘qitish ko‘proq samara beradi, chunki guruhlarda o‘quv-chilar o‘rtasida o‘z-o‘zidan musobaqa paydo bo‘ladi, deydi: “Bola-larni guruh qilib o‘qitish tashkil qilinsa, juda yaxshi samara beradi. CHunki bu jarayonda ular bir-birlaridan ibrat oladilar.. Guruh qilib o‘qitish jamiyatga katta foyda keltiradi. CHunki bunda o‘quvchilar bir-birlari bilan do‘stlashadilar, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat paydo bo‘ladi, o‘zaro fikrlashib bahslashadilar, huquq va burchlari xususida muhokama yuritadilar, musobaqalashadilar”.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining birinchi kitobida o‘rin olgan “Ro‘zg‘or yuritish haqida risola”sida bola tarbiyasiga oid juda ko‘p pedagogik va fiziologik tavsiyalar bayon etilgan. Tarbiyadan maqsad, – deydi olim, bolaning aqliy va jisomniy quvvatlarini o‘stirishdir. CHunki bola yaxshi yoki yomon, yovuz yoki olijanob bo‘lib dunyoga kelmaydi. U bu xususiyatlarga tarbiya, atrofdagilar ta’siri tufayli erishadi. Ibn Sinoning fikricha, bola qalbi, misoli “Pokiza oyna”. Unga istalgan shaklni chizish mumkin. Bolada olijanob ma’naviy – axloqiy xususiyatlarni shakllantirish uchun mashq uslubidan foydalanish, ya’ni uni hayotda qo‘llashga o‘rgatish kerak.
Ibn Sino ta’lim-tarbiyaning alohida guruhlar bilan suhbat uslubini tavsiya qiladi. Eng muhimi bolaning shaxsini hurmat qilishdan boshlash kerak: “bolaga zug‘um qilib, unga xurmat-sizlarcha munosabatda bo‘lmaslik, aksincha, tengdosh o‘rtoqlarday gaplashish lozim”.25 Olim suhbat, tushuntirish, misol keltirish singari uslublarning imkoniyatlari haqida so‘z yuritadi. “Salbiy xislatlarni tuzatish, shaxsni qayta tarbiyalash muammosi haqida ham mulohaza bildiradi. Buning uchun avvalo bolani har tomonlama o‘rganish va shu asosda undagi salbiy qiliqlarni bartaraf etish, ijodbiy fazilatlarni shakllantirishga kirishish mumkin. Olim ayniqsa, jismoniy mashqlarga katta e’tibor beradi. Tug‘ilgan kunidan boshlab bolaning jismoniy rivojlanishi xususida qayg‘urish kerak, deydi. Buyuk tabib bola jismidagi har bir a’zoning salomatligini ta’minlash uchun lozim bo‘lgan maxsus mashq usullari ishlab chiqqan. Bu mashqlarni tananing holatiga muvofiq bajarish,kamquvvat, zaif a’zolarni og‘ir jismoniy mashqlar bilan toliqtirmaslikni ta’kidlaydi.U ishlab chiqqan mashqlar kichik va katta, juda kuchli va zaif, tez va sekin, keskin va tez xarakatni taqazo etadigan harakatlarga bo‘linadi. Olim usullarni ham bayon qiladi.
Ibn Sino ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining roliga katta e’tibor bilan qaragan, yosh avlodni o‘qitadigan tarbiyachi quyidagi talablarga muvofiq faoliyat olib borishi lozimligini uqtiradi:
o‘quvchi-talabalar bilan munosabatni tashkil etishda mo‘‘tadil (o‘rtacha) bo‘lish;
o‘quvchi-talabalarning bilim va mahoratlaridan hayotda foydalanaolishlariga etibor berish;
o‘quvchi-talabalar bilan ishlashda turli usullarni qo‘llay olish;
o‘quvchi-talabalarda bilim olishga nisbatan qiziqishni kuchaytirish;
o‘qituvchining gaplari va fikri o‘quvchi-talabalarga tushu-narli bo‘lishi uchun har bir so‘zini imo-ishoralar bilan bajarishi (binobarin, bu uslub bolalarda his-hayajonni uygatadi);
tarbiyalanuvchilar ongiga kuyidagi yuksak axloqiy tamoyilni singdirishi “faqat o‘zi uchun emas boshqalar uchun ham yashash kerak”.
Alloma asarlarida quyidagi pedagogik va didaktik tamo-yillar, o‘quv-tarbiya shakl va usullari xususida so‘z yuritiladi.
tajriba;
sabablarning o‘zaro bog‘liqligi tamoyili, analiz, sintez, umumlashtirish;
bolani darhol kitob o‘qish bilan bog‘lab qo‘ymaslik;
jamoa bo‘lib o‘qish;
mashqlar (ularning me’yorlanganligi, imkoniyat borligi, jamoatchilik, o‘quvchi-talabalarning qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga olish);
o‘kuvchi-talabalarning individualliklarini hisobga olib, tushunarli bo‘lishi;
nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi, umumiydan xususiyga o‘tish, tizimlilik va mantikiylik ifoda etish va mulohazalarining bir tekisligi va ketmaketligi kabi usullar;kuzatish, tajriba, amaliyot.