Kurs ishining obyekti: Pedagogik amaliyot jarayonida nazariy bilimlarni mustahkamlash, chuqur o’rganish asosida pedagogik faoliyatga oid amaliy ko’nikma va malakalarini egallashdan iboratdir. Oliy ta’lim muassasalari talabalari nazariy olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlash.
Kurs ishining tarkibi: Kirish, 2 bob, 4 ta paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishida kurs ishi mavzusining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, obyekti yoritilgan.
I BOB Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida fikrlar.
1.1 Muxammad ibn Muso - al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al - Koshiy, Ulug`bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqidagi dastlabki ma`lumotlar.
Xayotimizda chuqur o`zgarishlar yuz bermoqda. Xalqimizning asriy orzusi mustaqillikka tinch, parlament yo`li bilan erishdik. Istiqlol tufayli o`zbek xalqi o`zining haqiqiy tarixini, jaxon tan olgan madaniy va ma`rifiy boyliklarini, urf-odat va an`analarini tiklash imkoniyatiga ega bo`ldi.
Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma`naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o`zida mujassam etgan buyuk arboblar ko`p bo`lgan. Muxammad ibn Muso - al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al - Koshiy, Ulug`bek va boshqa ko`plab buyuк ajdodlarimiz o`z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo`shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo`lib qoladilar. Ularning nomlari, jaxon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo`shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma`lum. Biz ularning asarlari bilan tanishib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |