Muhammad ibn Muso Xorazmiy.
Muxammad ibn Muso Xorazmiy 783 yilda Xorazmda, Xivada tug`ilgan. Yoshligidan ilm - fanga qziqqan. Qunt bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o`rgangan. Donishmand sifatida tanilgan, 9-asr boshlarida o`z davrining katta ilmiy va madaniy markazi hisoblanmish Bog`dodga taklif qilingan. Xorazmiy saroyda barakali ijod qilib, SHarqning dastlabki akademiyasi ("Bayt- ul - Xikmat") "Donolar uyi "da faol ishtirok etdi.
Xorazmiy juda ko`p asarlar yaratgan bo`lsa ham ularning hammasi bizga etib kelmagan. Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixida yangi davrni o`rta asrlar matematikasi davrini boshlab berdi, hamda matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga bekiyos hissa qo`shdi.
O`quvchilar algebra, algoritm so`zlarini ko`p eshitishgan. Algebra matematikaning katta bir bo`limi, algoritm esa x,ozirgi zamon x;aco6 ` texnikasining, matematikasining asosiy termini.
Algebra, algoritm so`zlari matematik, astronom va geograf, "Xozirgi zamon algebrasining otasi "al - Xorazmiy nomi bilan bog`liqdir. Uning "Al - jabr val-muqabala" risolasi keyinchalik Evropada "algebra" deb ataladigan bo`ldi.
Ayni shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida "algoritm" termini paydo bo`ldi. Xorazmiyning matematikaga oid shox asarlari Fapb va SHarq xalqlari tillariga tarjima qilinib, ko`p asrlardan buyon qo`llanma sifatida xizmat qiladi.
Xorazmiyning "Xind hisobi va sonlari haqida", "Al-Jabr", "Arifmetika", "Marmar soat haqida", "Er surati", "Tarix kitobi", "Yaxudiy eralari va bayramlari" haqida asarlari, ayniqsa ma`lum va mashhurdir. Uning "Ziji" nomli asari dastlabki astronomik asar sifatida SHarqdagina emas, G`arbda ham shu fan rivoji uchun katta xizmat ko`rs atgan.
Muxammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli xayoti, ijodi, yaratgan asarlari, qoldirgan merosi bebaho boylik bo`lib, hozirgacha ham qimmati va axamiyatini yuqotmagan.
Dostları ilə paylaş: |