Shartli belgilar


Latifundiya  (lotincha) — katta yer-mulk. Ku-kluks-klan



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Latifundiya 
(lotincha) — katta yer-mulk.
Ku-kluks-klan 
— irqchilik terrorchi tashkilot.
Linch sudi
 
— AQSHda qora tanli kishilar va demokratik harakat
qatnashchilarini sudsiz va so‘roqsiz jazolash.
Milya
 
— 1609,3 metrga teng uzunlik o‘lchovi.
Ikki partiyaviy tizim







52
Savol va topshiriqlar
1. Qanday omillar AQSHning gurkirab rivojlanishiga sabab bo‘ldi?
2. AQSHning dunyoda yetakchi davlatga aylanganligini isbotlovchi
dalillar keltiring.
3. AQSH qishloq xo‘jaligida yuz bergan tub o‘zgarishlarning mazmuni
nimadan iborat edi?
4. Irqchilik qay tariqa vujudga kelgan? U keltirgan ayanchli oqibatlarga
misollar keltiring.
5. „Kuchli ikki partiyaviy tizim“ iborasi mazmunini izohlab be-
ring.
6. Hozir amaldagi AQSH prezidenti qaysi partiya vakili? U haqida
bilgan ma’lumotlaringizni qog‘ozga tushiring.
AQSHning ichki siyosati
AQSH iqtisodining rivojlanishi va dunyoda
birinchi davlatga aylanishi jamiyat hayoti-
dagi barcha ijtimoiy muammolarni o‘z-o‘zidan bartaraf etishga
olib kelgani yo‘q. AQSHda ham ishchilar sinfi o‘z haq-huquqlari
uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Bu davrdagi
ishchilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy
etilishiga erishish edi.
1886-yil 1-may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan
ortiq ishchi ishtirok etdi. Buning natijasida 200 mingga yaqin ishchi
8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi. Biroq, keyingi 2 yilda bu
muvaffaqiyat deyarli yo‘qqa chiqdi.
8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat Chikagoda juda
ham keskin tus oldi. Shaharning Senno maydonida bo‘lgan om-
maviy miting vaqtida politsiya ish tashlaganlarga qarab o‘q uzdi.
Natijada 6 kishi o‘ldirildi va ko‘plab ishchilar yarador bo‘ldi.
Darg‘azab bo‘lgan Chikago ishchilari bu xunrezlikka qarshi noro-
zilik bildirib, ommaviy miting tashkil qildilar. Qurolli politsiyachilar
guruhi ishchilarga qarshi yuborildi. Sudning qaroriga muvofiq,
ommaviy harakat rahbarlaridan 4 kishi dorga osildi. Ular o‘limga
tik qaradilar. Osib o‘ldirishga mahkum qilinganlardan biri — Shðis
oxirgi so‘zida „Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz
nutqlarimizdan ham o‘tkirroq bo‘ladi“, degan edi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin