Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Qora tanlilar ahvoli
Hindular ahvoli


54
edi. Bu yerda ular hukumat „vasiyligi“ga olindilar. Hindular masalasi
ana shunday yo‘l bilan hal etildi.
Ayni paytda, AQSH Kongressi hindularga fermerlik faoliyati
bilan shug‘ullanishga imkon beruvchi qonun qabul qildi.
Biroq, qonun amalga oshmay qolaverdi. Bunga, birinchidan,
hindularga ajratilgan yer maydonlarining unumsizligi, ikkinchidan
esa fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanish hindularning jamoaviy
turmush tarziga zid kelishi sabab bo‘ldi.
1900—1914-yillar AQSH tarixiga „taraq-
qiyparvar davr“ nomi bilan kirgan. Bunga
AQSH prezidentlarining monopoliyalarga
qarshi kurash olib borganliklari sabab
bo‘lgan.
Monopoliyalarga qarshi kurashdan maqsad — o‘rta tabaqalar
manfaatini himoya qilish edi. Monopoliyalarga qarshi kurash
tarafdorlari taraqqiyparvarlar deb ataldi. Ularning safida 1901-yil-
da AQSH prezidenti lavozimini egallagan Òeodor Ruzvelt ham bor
edi.
U Amerika—Ispaniya urushida shaxsan qatnashib, shuhrat
qozongan edi. Ò. Ruzveltning monopoliyalarga qarshi kurash
siyosati „Adolatli yo‘l“ deb nom oldi. Uning hukumati, ayni
paytda, ishchilar bilan ish beruvchilar o‘rtasidagi mojarolarda
hakamlik vazifasini ham bajara boshladi. Hukumat trestlarga qar-
shi 20 dan ortiq sud jarayonini tashkil etdi. Bular ma’lum natija-
lar ham berdi. Xususan, sud qarori bilan Morgan nazorat qiladi-
gan temiryo‘l kompaniyasi ikkiga bo‘lindi. 1906-yilda temiryo‘llar
faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.
1912-yilgi prezident saylovlarida demokrat Vudro Vilson g‘alaba
qozondi. U Birinchi jahon urushi arafasida bojxona tariflari to‘g‘-
risida yangi qonun qabul qilinishiga erishdi. Qonunga ko‘ra, tarif
stavkasi 10 foizga kamaytirildi. Daromadning oshib borishiga qarab,
qo‘shimcha soliq solinadigan bo‘ldi. Saylov tizimida ham islohot
o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, oldin ayrim shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari
tomonidan saylanadigan senatorlar endi xalqning ovoz berishi
bilan saylanadigan bo‘ldi.
1914-yilda AQSH Kongressi trestlarga qarshi qonun qabul qildi.
Qonun ish tashlash davrida trestlarga yetkazilgan zararni kasaba
uyushmalaridan undirib olish tartibini bekor qildi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin