Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Respublika e’lon
qilinishi
Argentinadagi ahvol


65
yagona soliq joriy qilish, kasaba uyushmalarini birlashtirish va
namoyishlarga ruxsat uchun kurash olib bordi. 18 yoshga to‘lgan
erkak fuqarolarga (ruhoniy va harbiylardan tashqari) umumiy
saylov huquqini berish to‘g‘risida qonun chiqarilishiga erishildi.
Markaziy Amerikada AQSHning ta’siri tez
sur’atlar bilan kuchayib bordi. Buning
oqibatida, ichki kurashlar natijasida hol-
dan toygan Gvatemala AQSHga qaram bo‘lib qoldi.
Gonduras, Salvador va Nikaragua 1895—1896-yillarda yagona
davlat — Buyuk Markaziy Amerika Respublikasiga birlashdilar.
Aynan shu birlik AQSHni tashvishga solib qo‘ydi. Chunki,
AQSHga Markaziy Amerikada uning siyosatiga to‘g‘onoq bo‘lishi
mumkin bo‘lgan davlatlar ittifoqi kerak emas edi. AQSH mo-
nopoliyalari bu mamlakatlardagi hukumatga muxolifatdagi gu-
ruhlarga tayanib Buyuk Markaziy Amerika Respublikasini tar-
qatib yuborishga erishdi.
1914-yil avgustida Panama kanali ochilgach, kanal zonasida
Amerika gubernatori o‘ziga bo‘ysunadigan yirik harbiy kuchlar
bilan Markaziy Amerika mamlakatlariga xavf solib turdi.
Abolitsionizm
(lotincha—yo‘qotish, bekor qilish) — qora tanlilarni
qullikdan ozod qilish harakati.
Savol va topshiriqlar
1. Braziliyada qulchilik qay tariqa barham topdi?
2. Braziliyada Respublika tuzumining o‘rnatilishi haqida so‘zlab bering.
3. Argentina hukumati mamlakatni og‘ir iqtisodiy holatdan olib chiqish
uchun qanday choralar ko‘rdi?
4. Markaziy Amerika davlatlari taraqqiyotiga xos asosiy ichki xusu-
siyatlarni qayd eting.
Fikr yuriting: mamlakat va xalqlarni bir-biriga qarshi gijgijlash
qanday oqibatlarga olib kelgan? Bizning davrimizda-chi?
AQSH bilan Panama Respublikasi o‘rtasida Panama kanali to‘g‘risida
tuzilgan shartnomadan. 1903-yil.
„...2-modda. Panama Respublikasi nomi tilga olingan kanalni qurish,
saqlab turish, undan foydalanish, uni sanitariya holatiga keltirish
hamda himoya qilish uchun 10 milyalik zona doirasidagi yerlar va





•

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin