64
Qulchilik bekor qilingach, respublika uchun
kurash kuchayib ketdi. 1889-yil Rio-de-
Janeyroda respublika tarafdorlarining katta
namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyishda talabalar, hunarmandlar, sav-
dogarlar qatnashdi. Bu namoyish respublika tuzumi tarafdori
bo‘lgan harbiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Oqibatda, 1889-yil 19-noyabrda Pedru II taxtdan voz kechib,
Britaniya kemasida Portugaliyaga jo‘nab ketdi. Hokimiyat harbiylar
qo‘liga o‘tdi. Yangi hukumat mamlakatni Respublika deb e’lon
qildi. 1891-yilda qabul qilingan yangi konstitutsiyaga binoan,
mamlakat Braziliya Qo‘shma Shtatlari deb ataladigan bo‘ldi. Barcha
fuqarolarning qonun oldida tengligi e’lon qilindi. Yozish va o‘qishni
biluvchi fuqarolarga umumiy saylov huquqi berildi.
Mamlakatning iqtisodiy ahvoli og‘ir edi. Bundan ingliz, fran-
suz, german va Shimoliy Amerika monopoliyalari foydalandilar.
Ular hal qiluvchi tarmoqlarni egallab oldilar.
Uzoq davom etgan ichki kurash, Paragvay
bilan olib borilgan urush oqibatida Argen-
tinada iqtisodiy hayot deyarli to‘xtab qolgan edi.
Mamlakat hukumati ichki ahvolni barqarorlashtirish borasida
juda katta ishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 1872-yilda Buenos-
Ayresda milliy bank ochildi. Immigratsiya rag‘batlantirila boshlandi.
Natijada, qisqa davr ichida Argentinaga 300 000 kishi ko‘chib
keldi. Yevropadan kelganlar imtiyozli shartlar bilan davlatdan yer
oldilar. Ko‘plab shaharlar, yo‘llar qurib, kengaytirildi. Maorif va
ilm-fan tez rivojlana boshladi. Buenos-Ayresda piyoda askarlar va
harbiy dengiz maktabi ochilib, harbiy ta’limga asos solindi.
1876-yil immigratsiya va kolonizatsiya to‘g‘risida qonun qabul
qilindi. Qonunga ko‘ra, hali aholi band qilmagan davlat yerlari
80 gektardan oshmaydigan maydonlarga bo‘linib sotildi. Hin-
dularning hosildor yerlari tortib olinib, ofitserlar va askarlarga
bepul bo‘lib berildi.
Hukumat, ayni paytda, chet el kapitali kiritilishini ham rag‘-
batlantira bordi. Birgina Buyuk Britaniyaning kiritgan kapitali 1914-
yilda 1,5 mln. dollarni tashkil etganligi bejiz emas edi.
Biroq, mehnatkashlarning ahvoli hamon yomonligicha qol-
moqda edi. Oqibatda, ishchilar sinfi o‘z haq-huquqlari uchun
kurash boshladi. Ular 8 soatlik ish kunini talab qildilar. 1895-
yilda Sotsialistik partiya tuzildi. Partiya diniy ta’limni bekor qilish,
Dostları ilə paylaş: