Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

IV
bob
19-§.
Rossiyaning
siyosiy tuzumi
Iqtisodiy ahvol


67
Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat —
monopoliyalarning vujudga kelganligi bo‘ldi. Chunonchi, Rossiya
qora metallurgiyasida „Prodmet“, ko‘mir sanoatida „Produgol“
nomli yirik monopoliyalar vujudga keladi. Rangli metallurgiya
sohasida „Med“ jamiyati (1907) hal qiluvchi mavqeni egallab
oldi.
Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat — chetga
kapital chiqarishdan ko‘ra chetdan Rossiyaga kapital kiritishning
ustunligi edi. Bu, bir tomondan, Rossiya kapitalizmining zaifligi
oqibati bo‘lsa, ikkinchidan, Rossiyada chet el kapitaliga katta
foyda keltiruvchi sohalarning, mintaqalarning ko‘pligi hamda
arzon ishchi kuchining mavjudligi bilan ham izohlanardi.
Mamlakat sanoatiga qo‘yilgan chet el kapitalining asosiy qismi
Fransiya kapitali edi.
Rossiya qishloq xo‘jaligi ham sekinlik bilan bo‘lsa-da, taraqqiy
etdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishi ham o‘sdi.
Asosiy eksport mahsuloti—g‘alla edi.
Rossiyada kapitalizm taraqqiy etishi bilan moliya kapitali ham
vujudga keldi. „Peterburg xalqaro banki“, „Azov-Don“ va „Rus-
Osiyo“ banklari mamlakat hayotida yetakchi rol o‘ynay bosh-
ladi.
Shunday bo‘lsa-da, XIX asr oxiri — XX asr boshlarida
Rossiya iqtisodiy taraqqiyotda boshqa buyuk davlatlarga nisbatan
orqada edi. Chunonchi, sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha
dunyoda 5-o‘rinda edi.
Rossiya imperiyasi tarkibida 100 dan ortiq
millat va xalq yashar edi. Ularning hu-
dudlari turli asrlarda, turli tarixiy sharoitlarda Rossiya tomonidan
istilo etilgan.
Istilo etilgan o‘lkalarda ruslashtirish siyosati olib borildi. Bos-
qinchilar zulmiga qarshi ko‘tarilgan milliy-ozodlik harakatlari esa
ayovsiz bostirildi.
Binobarin, podsho Rossiyasida fuqarolarning katta qismi,
shuningdek, mustamlaka xalqlari og‘ir hayot kechirardi. Bu esa
qachondir katta portlash ro‘y berishiga olib kelishi shubhasiz edi.
Buning ustiga, 1904-yildagi Rossiya—Yaponiya urushi xalq
ommasining turmush darajasini yanada og‘irlashtirib yubordi.
Oxir-oqibat, bu — 1905-yilda inqilob yuz berishiga olib keldi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin