76
Manifest
(lotincha) — hukumatning juda muhim voqea munosabati
bilan xalqqa qilgan yozma murojaati.
Fraksiya
(fransuzcha-lotincha) — parlament deputatlarining biror
siyosiy partiyaga mansub guruhi.
Ekspluatatsiya
(fransuzcha) — mulkdorlarning boshqalar mehnati mah-
sulini o‘zlashtirib olishi.
Savol va topshiriqlar
1. Rossiyadagi ijtimoiy harakatning o‘ziga xos xususiyatini qayd
eting.
2. Bolsheviklarning jamiyatni qayta qurish haqidagi ta’limotini
bugungi kun nuqtayi nazaridan baholang.
3. 1-rus inqilobining sabablari va oqibatlari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. Rossiyada Davlat dumasi (parlament) qay tariqa vujudga keldi?
Bugungi Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi haqida ma’lumot
toping.
XIX asr oxiri—XX asr boshlarida
Avstriya-Vengriya imperiyasi
Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda
Avstriya va Vengriyaning hukmron taba-
qalari o‘rtasidagi bitim asosida vujudga keldi.
Imperiyaning Avstriya qirolligi tarkibiga Chexiya, Moraviya,
Galitsiya va Bukovina, Vengriya tarkibiga esa Slovakiya, Xorvatiya
va Òransilvaniya kirgan.
Shu yilning o‘zida imperiyaning yangi konstitutsiyasi qabul
qilingan. Unga ko‘ra, imperiyaning umumiy hukmdori Avstriya
imperatori bo‘lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi vakili edi. Sulola
imperiyani 1867-yildan 1918-yilgacha boshqargan. Imperiya tashkil
etilgan paytda imperator Frans Iosif II edi.
Avstriyada imperator hokimiyati rasman Reyxstag, Vengriyada
esa Seym tomonidan cheklangan. Binobarin, Avstriya-Vengriya
konstitutsiyaviy monarxiya edi.
Imperiya tashkil etilgach, quyidagi 3 ta umumimperiya vazirligi
tashkil etilgan: 1. Òashqi ishlar. 2. Harbiy va dengiz. 3. Moliya.
Boshqa vazirliklar imperiyaning har ikki qismida ham mustaqil
faoliyat yuritganlar. Vengriya o‘z parlamentiga, ijroiya hoki-
Dostları ilə paylaş: