77
miyatiga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatiga ega bo‘lgan. Imperiya
aholisining aksariyatini bo‘ysundirilgan slavyan xalqlari tashkil
etgan.
XIX asrning so‘nggi choragida Avstriya-
Vengriya Yevropaning rivojlangan davlat-
lariga nisbatan qoloq mamlakat edi.
Mamlakatda o‘rta asr feodalizm sarqitlarining saqlanib qolganligi
ilg‘or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti se-
kinlashuviga sabab bo‘ldi.
1890-yillarda shahar aholisi butun Avstriya-Vengriya aholisining
faqat uchdan birini tashkil qilardi. Hatto imperiyaning eng rivoj-
langan qismi bo‘lgan Avstriyada ham qishloq aholisi ko‘pchilikni
tashkil etar edi.
1867-yilda tuzilgan Avstriya-Vengriya bitimi Vengriyaning
iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun ma’lum turtki bo‘ldi. Vengriya
ko‘miri bazasida sanoatning metallurgiya tarmog‘i rivojlana boshladi.
Lekin, Vengriyaning asosiy sanoat tarmog‘i oziq-ovqat sanoati
bo‘lib qolaverdi. 1898-yilda Vengriyaning ishlab chiqarilgan oziq-
ovqat mahsulotlari imperiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
yarmini tashkil etgan.
Imperiyaning industrial tumanlari Quyi Avstriyada va Chexi-
yada ishlab chiqarishning markazlashuvi va monopoliyalarning
vujudga kelish jarayoni jadallik bilan bordi.
XX asr boshlariga kelib ssuda kapitali, asosan, Venadagi yirik
banklarda to‘plandi. Mamlakat hayotida moliya oligarxiyasining
ta’siri kuchayib bordi.
Ayni paytda, imperiya taraqqiyotining o‘ziga xos yana bir
xususiyatini — uning chet el kapitaliga qaramligi kuchayib bor-
ganligi tashkil etdi. Fransiya, Belgiya, Germaniya banklari qarz
berish, sanoatga mablag‘lar yo‘naltirish orqali Avstriyani o‘z ka-
pitallari bilan to‘ldirib tashladi.
Avstriya-Vengriya sanoatining metallurgiya, mashinasozlik,
elektrotexnika va shu kabi tarmoqlari Germaniya firmalari tomo-
nidan moliyaviy jihatdan ta’minlanib turildi. Nemis kapitalining
to‘qimachilik va mashinasozlik korxonalarida ham mavqeyi yuqori
edi. Nemis kapitali qishloq xo‘jaligiga ham suqilib kirdi. Avstriya-
ning 200 000 gektar yeri nemis pomeshiklariga tegishli edi.
Imperiya mehnatkashlari o‘z haq-huquq-
lari uchun kurash olib borganlar. Chu-
Dostları ilə paylaş: