85
Italiya tashqi siyosatida „irredentizm“ ta-
rafdorlarining ta’siri kuchaydi.
Bu hol
uning qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarini yomonlashtirdi.
Italiya da’vo qilayotgan Shimoliy Afrika davlatlari hududini
birin-ketin Fransiya egallay boshladi.
Bu hol Italiyani Germaniya
bilan yaqinlashtirdi. 1882-yilda Italiya Germaniya va Avstriya-
Vengriya Ittifoqiga qo‘shildi.
Ittifoqchilarga ega bo‘lgan Italiya tez
orada Somali va Eritreyani
bo‘ysundirdi. 1895-yilda esa Efiopiyani bosib olish maqsadida bu
davlatga hujum qildi.
Biroq, 1896-yilning 1-avgustida Adua yonida Italiya qo‘shin-
lari tor-mor etildi.
Oqibatda, 5 ming italyan askari halok bo‘ldi.
Bu voqea Italiyada milliy sharmandalik sifatida qabul qilindi.
Yangi mustamlakalar bosib olish uchun qulay sharoit yaratish
zarur edi. Italiya hukumati xuddi shunday sharoitni yarata oldi.
Chunonchi, Italiya Fransiya bilan o‘rtasidagi
keskin muno-
sabatlarni bartaraf etishga erishdi. 1902-yilda bu ikki davlat o‘rta-
sida bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, tomonlar ikki davlatning biri
boshqa davlatning hujumiga uchraydigan bo‘lsa, o‘zaro qat’iy
betaraflik majburiyatini oldilar.
1908-yili Italiya Bosniya va Gersegovinani
Avstriya istilo qili-
shiga qat’iy norozilik bildirdi va 1909-yilda Rossiya bilan Bolqon
yarimorolidagi o‘z manfaatlarini quvvatlovchi bitim tuzdi.
Bu ikki
davlat Avstriya-Vengriyaning Bolqon mamlakatlariga suqilib kiri-
shiga qat’iy qarshilik ko‘rsatishga kelishib oldi.
Qulay diðlomatik
sharoit yaratilgach, Italiya 1911-yilda Liviyaga
hujum qildi. Liviya bu davrda rasman Òurkiya
imperiyasi tarkibida
edi. Bu hol Italiya—Òurkiya urushini keltirib chiqardi. Urush Italiya
g‘alabasi bilan tugadi. 1912-yildan
boshlab Liviya Italiya
mustamlakasiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: