94
Anneksiya
(lotincha — birlashtirish) —
bir davlat hududini
zo‘ravonlik yo‘li bilan butunlay yoki qisman o‘z davlatiga qo‘shib
olish.
Tovon
— (forscha) — urushda mag‘lubiyatga uchragan davlatdan
g‘olib chiqqan davlat foydasiga majburan undiriladigan tovon.
Savol va topshiriqlar
1. Meydzi islohotining mohiyatan inqilobga
teng ekanligini dalil-
lar bilan asoslab bering.
2. Yaponiya taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari bilan Rossiya
taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini taqqoslang.
3. Yaponiya iqtisodiyotiga davlat aralashuvi qay yo‘sinda amalga
oshirildi?
4. 1889-yilgi Yaponiya konstitutsiyasi 1875-yilgi
Fransiya konstitu-
tsiyasidan qay jihatlari bilan farq qiladi?
5. Yaponiya bosqinchi tashqi siyosat yuritmasligi mumkin edimi?
Nima uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi zarurat bo‘lib qoladi?
Bugungi Yaponiya va O‘zbekiston aloqalari haqida ma’lumot
to‘plang.
XIX asrning oxirida Xitoy
XIX
asr oxirida Xitoy qoloq, yarimfeodal
davlat edi. Yerning asosiy qismi zamindor
boylar qo‘lida edi. Ko‘pchilik
dehqonlar
zamindorlardan yerni ijaraga olar, ijara
haqini pul bilan yoki hosil hisobidan to‘lar edilar. Yeri bor deh-
qonlar juda kam edi.
Dehqonlar shaharga ish qidirib kelardilar.
Lekin har doim
ham ish topilmas edi. Chunki, Xitoyda sanoat juda sekin taraqqiy
etayotgan edi.
XIX asrning so‘nggi choragidan boshlab mamlakatda kapita-
listik munosabatlar ham rivojlana boshladi. Dastlabki temiryo‘llar
qurildi. Iqtisodiy aloqalar kengaydi. Yirik shaharlar barpo etildi.
Ishchilar soni ko‘paydi. Sanoat
vujudga kelishi bilan milliy
burjuaziya ham shakllana boshladi. Biroq, milliy burjuaziyaning
ko‘pchiligi kompradorlardan iborat edi. Ular amalda chet el fir-
Dostları ilə paylaş: