93
sotiladigan bo‘ldi. Shu yo‘l bilan Koreya Xitoy ta’siridan ajratib
olindi. Maqsad Koreyani anneksiya qilish edi.
1894-yil Yaponiya Seulda saroy to‘n-
tarishi uyushtirib, yaponparast hukumat
tuzdi va poytaxt garnizonini qurolsiz-
lantirdi. Bu hodisa Yapon—Xitoy urushi boshlanishiga olib keldi.
Xitoy harbiy flotining transport kemalari cho‘ktirildi. Ayni payt-
da, yapon qo‘shinlari urush e’lon qilmasdan Koreyada turgan
Xitoy harbiy qismlariga hujum qildi. 1894-yilda Xitoy qo‘shinlari
Pxenyan yonida mag‘lubiyatga uchradi. Bu hol Yaponiyaning
Uzoq Sharqda ustunlikka ega bo‘lishiga yo‘l ochdi. Yaponiyaning
zamonaviy qurollar bilan ta’minlangan harbiy kuchlari ham
quruqlikdan, ham dengizdan hujum uyushtirib, Xitoy qo‘-
shinlarini mag‘lubiyatga uchratdi. 1895-yilda bu ikki davlat o‘r-
tasida Simonoseki sulhi tuzildi. Xitoy Koreyaning mustaqilligini
tan oldi.
Lyaodun, Tayvan, Penxu (Peskador) orollarini Yapo-
niyaga berdi. Shuningdek, Yaponiyaga katta miqdorda tovon to‘-
lashga majbur bo‘ldi.
Shartnomaga ko‘ra, Yaponiya o‘z savdosi uchun Xitoy hudu-
dida sanoat korxonalarini qurish va ulardan foydalanish huquqini
oldi. Endi uning maqsadi Uzoq Sharqdagi asosiy raqibi Rossiyani
mag‘lub etish edi.
1895-yilda shuning uchun 10 yillik qurollanish dasturini qabul
qildi. Rossiya bilan urush chiqqan taqdirda, buyuk davlatlarning
betaraf qolishini ta’minlaydigan shartnomalar tuzishga erishdi.
Shunday qilib, muqarrar bo‘lib qolgan urushda Rossiya yolg‘izlatib
qo‘yildi. 1904-yil yuz bergan Rossiya — Yaponiya urushida eri-
shilgan g‘alaba Yaponiyaning qudratini yanada orttirdi.
1910-yilda Yaponiya Koreya yarimorolini harbiy kuch bilan
o‘ziga qo‘shib oldi. Koreyada yapon general-gubernatori chek-
lanmagan hokimiyatga ega bo‘ldi. Mustamlakachi hukumatni qo‘l-
lab turish maqsadida Yaponiya katta harbiy kuchlarni Koreyaga
joylashtirdi.
Yaponiya endilikda barcha e’tiborni Xitoyga qaratdi. Yevropa
davlatlari va AQSHning Xitoy boyliklaridan foydalanishi Yaponiyani
ham Xitoy mulklaridan foydalanishga undar edi. Uning bu hara-
kati AQSH va Buyuk Britaniya bilan munosabatlarining yomon-
lashuviga olib keldi. Yaponiya Uzoq Sharqda xavfli raqibga aylandi.
Shu tariqa, Yaponiya ham yangi urush girdobiga tobora ko‘proq
tortilib boraverdi.
Dostları ilə paylaş: