Shartli belgilar


Mavzu ustida mustaqil ishlash



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Mavzu ustida mustaqil ishlash


90
XIX asrning oxiri va XX asr
boshlarida Yaponiya
1867—1868-yillarda Yaponiyada yuz ber-
gan Meydzi islohoti Yaponiyada bozor
munosabatlariga asoslangan jamiyat qu-
rilishiga keng yo‘l ochdi. Endigi asosiy vazifa — yapon xalqining
milliy an’analarini saqlab qolgan holda jamiyatni G‘arb modelida
qayta qurish edi. Imperator Mutsixito ishlab chiqarish kuch-
larining rivojiga to‘sqinlik qiluvchi qonun va tartiblarni bekor qildi.
Yaponiya dunyoning barcha davlatlari uchun ochib qo‘yildi.
Mamlakatni modernizatsiyalash boshlandi. Dastlab, yagona pul
birligi joriy etildi.
Ayrim-ayrim hokimliklar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa
to‘siqlar olib tashlandi. Bu tadbirlar mamlakat miqyosida savdo-
iqtisodiy aloqalarga keng yo‘l ochdi. Yo‘llarda dehqonlarning
shaharga qochib ketishiga qarshi, ularni tutib joyiga qaytarish
uchun qo‘yilgan poyloqchilik manzillari tugatildi. Chunki sanoat
qishloqdan ishchi kuchi „oqib“ kelishidan manfaatdor edi. Bu
tadbirlar Yaponiyada ichki bozorning, sanoat tarmoqlarining
rivojiga xizmat qila boshladi. 1869-yilda aholining barcha tabaqa-
lari — feodal zamindor, samuray, dehqon, hunarmand, sav-
dogarlar — rasman teng huquqli deb e’lon qilindi.
Butun mamlakat miqyosida markazlashgan hukumat boshqaruvi
yuzaga keldi. Yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi.
1871—1878-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar o‘t-
kazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilishga, istalgan turdagi ekinlarni
ekishga ruxsat berildi. Hosildan hissa ko‘rinishidagi soliq pul so-
OSIYO VA AFRIKA DAVLATLARI
Tub o‘zgarishlar
yo‘lida
XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSH-
LARIDA OSIYO DAVLATLARI
26-§.
V
bob
III
BO‘LIM


91
lig‘i bilan almashtirildi. Yerning mayda bo‘laklarga bo‘linib keti-
shiga qarshi qonun chiqarildi.
Sharoit qanchalik og‘ir bo‘lmasin, Yapo-
niyada bozor munosabatlari tez rivojlana
boshladi. Sharqda birinchi bo‘lib Yapo-
niya Yevropa tajribalaridan foydalandi. Yevropada uzoq vaqt
davomida yuzaga keltirilgan ilg‘or sanoat texnikasini Yaponiya
tayyor holda sotib ola boshladi. Davlat sanoatni rivojlantirish ishi-
ga homiylik qildi.
Birinchi galda Yaponiyada to‘qimachilik sanoati tez rivojlandi.
1890-yilda u barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini tashkil etdi.
Chorak asr davomida 1300 ta sanoat korxonasi qurildi. Ular dastlab
badavlat sanoatchilarga ijaraga berildi. Keyinroq esa sanoat
korxonalari o‘z narxining yarmiga, hatto 10—15 foiziga ham
xususiy qilib sotiladigan bo‘ldi. Natijada, bank kapitali bilan sa-
noat kapitali qo‘shilib bordi. Yaponiyada sanoat ishlab chiqa-
rishi Rossiyadan o‘n barobar tezroq rivojlandi.
Yaponiyada monopolistik kapitalizm feo-
dal-monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib
ketdi. Bu jihatdan Yaponiya Rossiyaga
o‘xshab ketardi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSHdan farqli o‘laroq, Yapo-
niyada hokimiyat burjuaziya qo‘lida bo‘lmay, balki pomeshik-
burjuaziya bloki qo‘lida edi.
Yaponiya, ayni paytda, armiya va flotni ham qayta qura bosh-
ladi. Yaponiya hukumati og‘ir industriyani rivojlantirishga alohida
e’tibor berdi. Oqibatda, 1900—1913-yillarda sanoat ishlab chiqarish
hajmi bo‘yicha Italiyadan o‘zib ketib, Fransiyaga yaqinlashdi. Mam-
lakatda sanoat, savdo-sotiq va banklar markazlashib, monopo-
liyalar vujudga keldi.
Yaponiyada kapitalizm taraqqiyoti deh-
qonlarning yerdan ajralishi bilan birgalikda
kechdi. Agrar islohotga ko‘ra, yer olgan dehqonlarning atigi 1/3
qismigina olgan yerlarini saqlab qola oldi. Raqobatga bardosh
bera olmaganlar ijaraga yer olib xo‘jalik yuritishga majbur
bo‘ldilar. Qolganlari esa shaharga ketib, yollanma ishchilarga
aylandilar. Sanoat egalari yangicha, ilg‘or ishlab chiqarishni
keng yo‘lga qo‘yib, mamlakatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin