Shartli belgilar


Sanoatni rivojlantirishda



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Sanoatni rivojlantirishda
davlatning roli
Yaponiya taraqqiyoti-
ning xususiyatlari
 
Ijtimoiy hayot


92
chiqa boshladilar. Sanoat korxonalarining soni yildan yilga
ko‘payib bordi.
Lekin, shu sanoat korxonalarida ishlayotgan ishchilarning iq-
tisodiy ahvoli og‘ir edi. Chunki, ish haqi juda past edi. Korxo-
nada texnika xavfsizligiga javobgarlik yo‘q edi. Buning ustiga, yapon
ishchilari va mehnatkashlari na siyosiy, na ijtimoiy huquqlardan
foydalanar edilar. Yaponiya ishchilar sinfi kasaba uyushmalariga
birlasha boshladilar. Yaponiya jamiyatining ilg‘or qatlami parla-
ment tashkil etish uchun kurashdilar.
Iqtisodiy islohotlar burjuaziyaning o‘si-
shiga va siyosiy jihatdan kuchayishiga sabab
bo‘ldi. Burjuaziya davlatga rahbarlikni o‘z
qo‘liga olishni da’vo qila boshladi.
Shunday sharoitda hukumat yon berishga qaror qildi. Niho-
yat, 1889-yilda Prussiya konstitutsiyasi namunasi asosida tuzilgan
konstitutsiya qabul qilindi. Mamlakatda ikki palatali (yuqori (per-
lar) va quyi (vakillar)) parlament joriy etildi.
Konstitutsiya imperatorning mavjud barcha huquqlarini nafaqat
saqlab qoldi, balki unga yanada keng huquqlar berdi. Masalan, u
parlamentni chaqirish, ochish, tarqatib yuborish, qonunlar o‘r-
niga oliy farmonlar chiqarish, qo‘shinlarning Oliy bosh qo‘mon-
doni bo‘lish, urush e’lon qilish, sulh tuzish kabi huquqlarni
o‘zida saqlab qoldi. Konstitutsiyaga ko‘ra, Vazirlar Kengashi faqat
imperatorga hisob berardi.
Parlamentning barcha qarorlari imperator huzuridagi Yashirin
Kengashdan o‘tishi zarur edi. Saylov huquqi mol-mulk senzi
bilan cheklandi. Saylov yoshi 25 yosh qilib belgilandi. Shunga
qaramay, Yaponiyadek o‘rta asrlar an’analariga boy mamlakatda
konstitutsiya qabul qilinishining o‘zi katta voqea edi.
Aholining kambag‘alligi sanoat mahsu-
lotlarining sotib olinishini qiyinlashtirdi.
Bu hodisa Yaponiya hukmron doiralarini qo‘shni davlatlar hu-
dudlarini bosib olishga undagan. Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish
uchun Yaponiya zo‘r berib qurollandi. Yaponiyaning bosqinchilik
maqsadlari Koreya, Xitoy, Tinch okean havzasiga qaratildi. Tez
orada Yaponiya bosqinchilik urushlarini boshlab yubordi. 1879-
yilda Yaponiya, Xitoyning noroziligiga qaramay, Ryukyu orolini
bosib oldi. 1875-yilda Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orollarini
Rossiyadan ajratib, o‘ziga qo‘shib oldi. 1876-yili yaponlar uchun
Koreya ochiq mamlakat deb e’lon qilindi. Yapon tovarlari bojsiz

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin