88
armiyasida xizmat qilayotgan rus zobitlarini nemis zobitlari bilan
almashtirishda yaqqol namoyon bo‘ldi. Endi, Rossiya hukumati
unga Rossiyaning dushmani sifatida qaray boshladi.
Mamlakatda o‘z mavqeyini mustahkamlashga intilgan Alek-
sandr Battenberg janubiy va shimoliy Bolgariyaning yangidan
yagona davlatga birlashganligini e’lon qildi. Bu holni Bolqondagi
boshqa slavyan davlatlari o‘z manfaatlariga zid harakat, deb
baholadilar.
Rossiya ularning ham manfaatlarini hisobga olishi kerak edi.
Shuning uchun ham Aleksandr II hukumati norozilik belgisi
sifatida Bolgariyadan o‘z zobitlarini chaqirib oldi. Shunday sha-
roitda Rossiya talafdorlari bo‘lgan oliy zobitlarning bir guruhi
1886-yilda Aleksandr Battenbergni taxtdan voz kechishga majbur
etdilar. Ammo, hukumat kuchlari bu zobitlarni hibsga oldi. Oxir-
oqibatda, Rossiya va Bolgariya o‘rtasidagi diðlomatik munosabat-
lar uzildi. Buning ustiga, Bolgariya taxtiga Avstriya-Vengriya nom-
zodi Ferdinand Koburg o‘tqazildi. Rossiya — Bolgariya diðlomatik
munosabatlari 1896-yildagina tiklandi, xolos.
1908-yilda Avstriya-Vengriya madadiga tayangan Bolgariya
o‘zini Turkiyadan to‘la mustaqil davlat deb e’lon qildi.
Ikkinchi Bolqon urushida Bolgariyaning mag‘lubiyatga uch-
rashi uning keyingi tashqi siyosatining yo‘nalishini belgilab berdi.
1913-yilda hokimiyat tepasiga germanparast hukumat keldi. Bu
hukumat tashqi siyosatda Bolgariyaning milliy manfaatlarini
„Uchlar ittifoqi“ (Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya)
yordamida himoya qilishini ma’lum qildi. Bu bayonot, Yevropada
bo‘lajak katta urushda Bolgariya „Uchlar ittifoqi“ tarafida turishini
anglatar edi.
XIX asr oxirlarida Serbiya Turkiyaga no-
migagina qaram edi, xolos. Serbiya tashqi
siyosatining asosiy maqsadi — Turkiya qo‘l
ostida qolayotgan serb yerlarini to‘la
qaytarib olish va ularni yagona Serbiya davlatiga birlashtirishdan
iborat edi. Shuning uchun ham Serbiya Rossiyaning Turkiyaga
qarshi urushlarida faol qatnashgan.
Berlin kongressi Serbiyaning Turkiyadan mustaqil ekanligini
tasdiqladi. Ayni paytda, Serbiya zimmasiga chet el tovarlaridan
tranzit boj olmaslik va unga Turkiyadan olib berilgan yangi
hududlarga mutanosib miqdorda Turkiyaning chet el davlatlari
oldidagi qarzini to‘lash majburiyati yuklandi.
Dostları ilə paylaş: