Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Ijtimoiy harakat
Xitoyga qarshi
intervensiya


97
muhofaza qilish uchun ajnabiy davlatlarga Xitoyda o‘z qo‘shin-
larini saqlashga ruxsat berildi. Bundan tashqari, Xitoy chet el
interventlariga 33 mln. dollar tovon to‘lashga majbur etildi. Xitoyga
qurol-aslaha kiritish taqiqlandi. Ajnabiylarning Xitoydagi imtiyoz-
lari ko‘paydi. Natijada, Xitoy yanada himoyasiz bo‘lib qoldi.
Ayni paytda Ixetuan qo‘zg‘oloni mustamlakachilarni ehtiyot-
korlik bilan harakat qilishga majbur etdi.
Intervensiya
(lotincha — aralashuv) — o‘zga davlat hududini bosib
olish, o‘z hukmronligini o‘rnatish maqsadida shu davlat ichki
ishlariga zo‘rlik bilan aralashish.
Komprador 
(ispancha — xarid qiluvchi) — iqtisodiy qoloq va
qaram davlatlar burjuaziyasining chet el kapitali bilan ichki
bozor o‘rtasida vositachilik qiluvchi qismi.
Konvensiya 
(lotincha — shartnoma) — ko‘p tomonlama xalqaro
shartnoma turlaridan biri.
Savol va topshiriqlar
1. Xitoy va Yaponiya taraqqiyotining o‘xshash va o‘ziga xos xusu-
siyatlarini taqqoslang.
2. Xitoy qay tariqa yarimmustamlakaga aylanib qoldi?
3. 1876-yilgi Xitoy — Buyuk Britaniya konvensiyasi Xitoy uchun
qanday oqibatlar keltirdi?
4. Ixetuanlar qo‘zg‘oloni va uning oqibatlari haqida nimalarni bilib
oldingiz?
5. „Xey“ doktrinasi qanday maqsadni ko‘zlagan edi?
XX asr boshlarida Xitoyning
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli
XX asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy zid-
diyatlar kuchayib ketdi. Manjurlarning Sin
sulolasi hukmronligi inqirozga yuz tutdi.
Shoshilinch ko‘rilgan islohot choralari jamiyat ahvolini tubdan
yaxshilamadi. Xitoyda sanoat taraqqiyoti bilan unga to‘siqqa aylan-
gan feodal yer mulkchiligiga xos qoloq ishlab chiqarish mu-
nosabatlari o‘rtasida ziddiyat chuqurlashdi. Omma orasida manjur-
lar boshqaruviga qarshi harakat kuchaydi. Xitoy sanoati rivojla-






Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin