Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

 
Sanoat taraqqiyoti va
chet el hukmronligi


96
Xitoy endigina sanoatlashuv yo‘liga qadam
qo‘yganda xorijiy davlatlar tomonidan
talon-taroj qilinishi xalq ahvoliga og‘ir ta’sir ko‘rsatdi. Xitoyni
to‘g‘ri taraqqiyot yo‘liga olib chiqish haqida turli g‘oyalar shakl-
landi. Bu islohotchilik harakati deb ataldi. Bu davr ijtimoiy
harakatida Sun Yat Senning o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.
U Xitoyni inqilob yo‘liga yetaklagan rahnamo edi. Sun Yat
Senning „Xitoy uyg‘onish jamiyati“ nomli tashkiloti manjurlarning
Sin sulolasini ag‘darib tashlash va Xitoyda demokratik milliy davlat
tuzish uchun kurashdi.
Xitoyda bu davrdagi ijtimoiy harakatda „Ixetuan“ — „Tinch-
lik va adolat uchun ko‘tarilgan musht“ deb atalgan yashirin
tashkilot ham katta rol o‘ynadi. „Ixetuan“lar „Manjur sinlarini
haydab chiqaramiz, chet elliklarni yo‘qotamiz“ shiori ostida ish
ko‘rardilar.
1899-yili „Ixetuan“ harakati qo‘zg‘olon tusini oldi. Ixetuan-
lar Yaponiyaga tovon to‘lashni to‘xtatish, Tayvanni Xitoyga birlash-
tirish kabi talablarni qo‘ydilar. Sin hukumati qo‘zg‘olondan cho‘-
chib qoldi. Chunki Ixetuanlar poytaxt va viloyatlarning qariyb
yarmini qo‘lda tutib turgan edilar. 1900-yili hukumat qo‘zg‘olon-
chilarga qarshi yuborgan qo‘shin yengildi.
Qo‘zg‘olonchilarning yaxshi uyushgan otryadlari Pekinga yurish
boshladilar va bu yerda o‘z hokimiyatini o‘rnatdilar.
Bu voqea Pekinga chet elliklar intervensi-
yasi boshlanishiga bahona bo‘ldi. Interven-
siyada sakkiz davlat — Germaniya, Yapo-
niya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Rossiya va
Avstriya-Vengriya qatnashdi. Ularning har biri Xitoyda kattaroq
ulushga ega bo‘lish maqsadini ko‘zlar edi.
1899-yil sentabrda AQSH davlat kotibi Xeyning „ochiq eshik-
lar va teng imkoniyatlar“ siyosati e’lon qilindi va „Xey“ doktri-
nasi deb nom oldi.
1900-yil iyul oyida chet el interventlari yalpi hujumga o‘tdilar
va Pekin shahri egallandi. Xorijliklar shaharni va imperator saro-
yini talon-taroj qildilar. Sakkiz davlat Xitoyni asoratli shartnomani
imzolashga majbur qildi. Shartnomada qo‘zg‘olonda qatnashgan
mansabdor shaxslarni qatl etish yoki surgun qilish talab etildi.
Shuningdek, Pekin bilan dengiz sohili o‘rtasidagi yo‘llarni

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin