Shartli belgilar


Mulk senzi  — saylovda qatnashish uchun fuqaroning ma’lum darajadagi mulkka ega bo‘lishi (boshqa davlatlarda ham bo‘lgan). Irredentizm



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Mulk senzi 
— saylovda qatnashish uchun fuqaroning ma’lum
darajadagi mulkka ega bo‘lishi (boshqa davlatlarda ham bo‘lgan).
Irredentizm
— Italiyaga qo‘shni bo‘lgan davlatlarda italyanlar qis-
man yashaydigan hududlarni qo‘shib olishni targ‘ib qiluvchi mil-
latchilik harakati.
Tashqi siyosat







86
Savol va topshiriqlar
1. Italiyaning boshqa G‘arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan iqti-
sodiy jihatdan zaif, agrar davlat bo‘lib qolishi sabablarini
qayd eting.
2. Italiya iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatini izohlab
bering.
3. Italiya mehnatkashlarining og‘ir qismati haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. J. Jolitti hukumati ichki siyosatda qanday tadbirlarni amalga
oshirdi?
XIX asr oxiri—XX asr boshlarida
Bolqon davlatlari
XIX asrning 70-yillariga kelganda janubiy
slavyanlarning ko‘pchiligi hamon chet el
zulmi ostida ezilmoqda edi. Faqat Cher-
nogoriya va Serbiya yerlarining bir qismigina
mustaqil edi. Janubiy slavyanlar—bolgarlar, makedoniyaliklar,
Bosniya va Gersegovina slavyanlari, serblarning talaygina qismi
hamon Òurkiya hukmronligi ostida edi.
Xorvatlar, slovenlar, g‘arbiy slavyanlar (chex, slovak, polyak)
ning bir qismi ham Gabsburglar hukmronligi ostida edi.
Polyaklarning ikkinchi qismi Germaniya, uchinchi qismi esa
podsho Rossiyasi zulmidan azob chekardilar. Chet el zulmi slavyan
xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga to‘sqinlik
qilardi.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab slavyan
xalqlarining milliy-ozodlik kurashi kuchay-
di. Jasur bolgar inqilobchisi Vasil Levskiy
mustaqil demokratik Bolgariya Respublikasini barpo etish rejasini
ilgari surdi. U Bolgariya hududida yashirin qo‘zg‘olonchi qo‘mitalar
tuzdi. 1872-yilda V. Levskiyni qatl etishgan bo‘lsa-da, ozodlik
harakati pasaymadi. 1876-yil Bolgariyada qo‘zg‘olon boshlandi.
Qo‘zg‘olonchilar o‘z bayroqlariga „Ozodlik yoki o‘lim“ shiorini
yozgandilar. Iste’dodli publitsist va shoir Xristo Botev ozodlik
harakatiga yo‘lboshchilik qildi. U 1876-yil turklar bilan bo‘lgan
jangda qahramonlarcha halok bo‘ldi. U halok bo‘lgan kun Bolga-
riyada Xotira kuni sifatida nishonlanadi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin