83
poytaxtiga aylantirildi. Papa hokimiyati Vatikan saroyi bilan chek-
lab qo‘yildi. Bungacha papa Piy IX Rim shahrining Italiyaga
qo‘shilishiga qarshilik qilayotgan va uni Fransiya armiyasi himoya
qilayotgan edi.
Italiya siyosiy tuzumiga ko‘ra konstitutsiyaviy monarxiya bo‘lib
qoldi. Konstitutsiyaga binoan, ikki palatali (Senat va deputatlar
palatasi) parlament tashkil etildi. Qirol Viktor Emmanuil II qo-
nun chiqaruvchi hokimiyatni parlament bilan bo‘lib oldi.
Senatorlar qirol tomonidan umrbod muddatga tayinlanar edi. Ijro
etuvchi hokimiyat Bosh vazir qo‘lida to‘plandi.
Konstitutsiyada barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi,
uy-joy daxlsizligi, so‘z va matbuot erkinligi, yig‘ilish o‘tkazish
huquqi e’tirof etildi. Xristian dinining katolik oqimi yagona din
bo‘lib qoldi. 1871-yilda cherkov va davlat munosabatini tartibga
soluvchi qonun qabul qilindi. Qonun Rim papasini muqaddas va
daxlsiz deb e’lon qildi va uning qarorgohi joylashgan shahar-
davlat — Vatikanga boshqa davlatlar bilan diðlomatik munosabat
o‘rnatish huquqi berildi.
Italiyaning milliy davlat bo‘lib birlash-
tirilishi mamlakatda kapitalistik tuzumni
barqaror qilish jarayonini tezlashtirish uchun qulay sharoit yaratib
berdi. Biroq, Italiya hamon agrar davlatligicha qolmoqda edi.
Yerga, asosan, yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib
qoldi. Buning ustiga, yerdan foydalanishning qoloq shakllari hukm
surardi. Pomeshiklar yerining katta qismi mayda uchastkalarga
bo‘linib, juda og‘ir shartlar bilan (hosilning 3/4 qismini to‘lash
sharti bilan) dehqonlarga ijaraga berilardi.
Ayni paytda, mamlakat oldida katta moliyaviy muammolar
paydo bo‘lgan. Bu — Italiya ichki va tashqi qarzining nihoyatda
ko‘payib ketganligi oqibati bo‘lgan edi.
O‘sib borayotgan chiqimlarni qoplash uchun hukumat dav-
lat zayomlari chiqarishga, mamlakat ichidagi hamda tashqari-
sidagi kapital egalariga yordam so‘rab murojaat qilishga majbur
bo‘ldi.
Oqibatda, Italiyaning davlat qarzi shiddat bilan ko‘payib
boraverdi. Shunga qaramay, kapitalizm tobora chuqur qaror topa
bordi. Hukumat, avvalo, temiryo‘l qurilishini kengaytirdi.
Savdo floti qurish keng avj oldi. Tez orada Italiya savdo floti
dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi. Hukumat Italiyani Fransiya va
Dostları ilə paylaş: