89
Serbiyada Rossiya tarafdorlari bo‘lgan kuchlar katta ta’sirga ega
bo‘lgan.
Natijada, shu omillar qachonlardir Avstriya-Vengriya va
Rossiya manfaatlarining qattiq to‘qnashuvini
keltirib chiqarishi
muqarrar edi.
Bolqonning boshqa xalqlari qatori, Tur-
kiya mustamlakasi bo‘lgan
Albaniya ham
o‘z mustaqilligi uchun kurashni kuchay-
tirdi. Albaniyadagi barcha siyosiy
kuchlar Albaniyani taqsimlab
olish rejalarini tuzayotgan chet el davlatlari siyosatiga qarshi
chiqdilar. Bolgariyada chiqayotgan „Kalendari kombiar“ („Milliy
kalendar“) jurnali 1902-yilda shunday deb yozgan: „Biz
uyquda
yotibmiz, bu vaqtda esa bizning ustimizda savdolashmoqdalar“.
1909—1911-yillarda Albaniyada qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bunda xalq-
ning barcha tabaqalari ishtirok etdi.
Birinchi Bolqon urushida Turkiyaning
yengilishi natijasida,
1912-yil 28-noyabrda Albaniya mustaqillikka erishdi. Turklarning
qariyb besh asr davom etgan hukmronligiga barham berildi.
Savol va topshiriqlar
1. Avvalgi sinflarda olgan bilimlaringizga tayanib, Bolqonning
qay tariqa Òurkiya mustamlakasiga aylanganligi to‘g‘risida so‘zlab
bering.
2. XIX asr so‘nggi choragida Bolqondagi siyosiy ahvol qanday edi?
3. 1877—1878-yillardagi Rossiya—Òurkiya
urushi Bolqon xalqlari
taqdirida qanday rol o‘ynadi?
4. Besh asrga yaqin Turkiya asoratida qolib kelgan slavyan xalqla-
ri nega aynan XIX asr oxiri va
XX asr boshlarida ozodlikka
erishdilar?
Albaniyaning
mustaqillikka erishishi
r
/
T
i
m
o
n
g
n
i
n
t
a
l
v
a
D
i
l
‘
o
y
n
a
g
t
‘
o
b
i
s
o
B
.
1
.
2
Dostları ilə paylaş: